Futbolchi Abbos Fayzullayevning ota-onasiga Umraga yo‘llanma sovg‘a qilindi

© Sirdaryo viloyati hokimligiAbbos Fayzullayevning ota-onasiga “Umra” safariga yo‘llanma sovg‘a qilindi
Abbos Fayzullayevning ota-onasiga “Umra” safariga yo‘llanma sovg‘a qilindi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2023
Obuna bo‘lish
Abbos Fayzullayevning ota-onasiga Sirdaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev Umra safariga yo‘llanma sovg‘a qildi.
TOShKENT, 21 mar — Sputnik. Futbol bo‘yicha U-20 Osiyo Kubogi g‘olibi, chempionatning “Eng yaxshi futbolchisi” deb topilgan Abbos Fayzullayevning ota-onasiga Umra safariga yo‘llanma sovg‘a qilindi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Akmaljon Mahmudaliyev Guliston shahrida tashkil etilgan bayram tadbirlarida futbolchining ota-onasiga Umra safariga yo‘llanma sovg‘a qildi.

Eslatib o‘tamiz, kecha Osiyo kubogini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston U-20 jamoasi a’zolariga va murabbiylar shtabiga prezident sovg‘asi - 33 ta “Gentra” avtomobili topshirildi.
18 mart kuni O‘zbekiston U-20 jamoasi Osiyo Kubogi g‘olibi bo‘ldi. Finalda jamoa Iroqqa qarshi o‘ynadi va 1:0 hisobida ustun keldi.
Yangiliklar lentasi
0