Bugun ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ib, momaqaldiroq bo‘ladi — O‘zgidromet

© Sputnik / Maksim BlinovDojd
Dojd  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2023
Obuna bo‘lish
Prognozlarga ko‘ra, ayrim viloyatlarda va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Bugun respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin, deya xabar berdi O‘zgidromet.
Prognozlarga ko‘ra, Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +8-10 daraja iliq, kunduzi +17-19 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +3-8 daraja iliq, kunduzi +15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarija yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7-12 daraja iliq, kunduzi +17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin Harorat kechasi +7-12 daraja iliq, kunduzi +17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +7-12 daraja iliq, kunduzi +19-24 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarining ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat +5-10 daraja iliq, kunduzi 17-22 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida ham vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Toshkent, Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida 2000 m dan yuqorida qor ko‘chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +2-7 daraja iliq, kunduzi +8-13 daraja iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0