Ukraina hududidan nima qoladi — OAV bashorati

© AP Photo / Efrem LukatskyUkrainskiy flag i monument Rodina-Mat v Kiyeve
Ukrainskiy flag i monument Rodina-Mat v Kiyeve  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2023
Obuna bo‘lish
"Asia Times": Rossiya Azov dengizi va Donbassning katta qismini saqlab qoladi va Ukraina kuch va o‘q-dorilar tugab qolgani sababli mojaroni hal qilishga majbur bo‘ladi.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Yaqinda amerikalik yetakchi tashqi siyosat ekspertlarining yopiq o‘tkazilgan konferensiyasi Ukraina G‘arbning sa’y-harakatlariga qaramay, mojaroda mag‘lub bo‘lish xavfi borligini ko‘rsatdi. Bu haqda RIA Novosti "Asia Times" nashriga tayangan holda xabar berdi.

“Rossiya Azov dengizi va Donbassning katta qismini saqlab qoladi va Ukraina kuch va o‘q-dorilar tugab qolgani sababli mojaroni hal qilishga majbur bo‘ladi”, — deyilgan xabarda.

Maqolada ta’kidlanishicha, Qo‘shma Shtatlar Kiyev rejimiga harbiy yordam ko‘rsatishda siyosiy cheklovlarga ega va agar ikki yildan keyin bu ko‘rsatkichni oshira olmasa, yo‘qotishlarni hozir qisqartirgan ma’qul.

"Qo‘shma Shtatlar Rossiyaga yetarlicha baho bermay, halokatli darajada ta’sirini yo‘qotmoqda. Ularning Ukrainani artilleriya o‘qlari bilan ta’minlash uchun sanoat salohiyati yo‘q. Hozirda eng yaxshi siyosat - zudlik bilan o‘t ochishni to‘xtatish", - deya xulosa qiladi nashr.

G‘arb siyosatchilari Kiyev rejimi Rossiyani jang maydonida mag‘lub etishi kerakligini tinimsiz ta’kidlab, qurol-yarog‘ va harbiy texnika yetkazib berishni ko‘paytirmoqda. Moskva harbiy yordam prinsipial jihatdan hech narsani hal qilmasligini bir necha bor ta’kidlagan.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0