Tabiblarga o‘z faoliyatini olib borishlari uchun guvohnoma berilishi kutilmoqda

CC0 / freepik / Narodnaya meditsina. Travanoy chay
Narodnaya meditsina. Travanoy chay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2023
Obuna bo‘lish
Sog‘liqni saqlash vazirligi xalq tabobati yo‘nalishida tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqarolarni o‘qitishga oid hujjat loyihasini ishlab chiqdi.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Xalq tabobati yo‘nalishida tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqarolar o‘qitiladi va tabiblik faoliyatini amalga oshirishlari uchun guvohnoma beriladi. Sog‘liqni saqlash vazirligi tegishli hujjat loyihasini ishlab chiqib, jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.
Qayd etilishicha, aholining tibbiy xizmatlarga bo‘lgan extiyoji tahlil etilganda, fuqarolar davolanish uchun xalq tabobati usullaridan keng foydalanayotgani ma’lum bo‘ldi.
Aksariyat hollarda fuqarolarga xalq tabobati yo‘nalishida tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan fuqarolar xizmat ko‘rsatishmoqda. Hozirda tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarning soni 500 dan 3000 ga yaqin.
Hujjat loyihasi qabul qilinsa, tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar “Xalq tabobati” ixtisosligi bo‘yicha mutaxassis bo‘lish hamda muntazam ravishda shu yo‘nalishda o‘z bilimlarini oshirib borish imkoniga ega bo‘lishadi.
Shuningdek, mazkur yo‘nalishda tibbiy faoliyat olib bormoqchi bo‘lganlarga ham o‘qish va malaka oshirish sharoitlari yaratiladi.
Respublika xalq tabobati ilmiy-amaliy markaziga xalq tabobati bo‘yicha mutaxassislarni, tibbiyot xodimlarini va tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish yuklanmoqda.
O‘quvlardan so‘ng tinglovchilarga tabiblik faoliyatini amalga oshirishlari uchun sertifikat hamda guvohnoma beriladi.
Yangiliklar lentasi
0