Putin va Si norasmiy uchrashuvi — video

Obuna bo‘lish
Ushbu tashrif Xitoy raisi Si Sizinpin mart oyida qayta saylanganidan so‘ng amalga oshirilgan birinchi xorijiy tashrif bo‘ldi.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Bir necha daqiqa oldin Kremlda Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning norasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Putinning asosiy bayonotlari:

Hurmatli janob rais, qimmatli do‘stim, Rossiyaga, Moskvaga xush kelibsiz, deb mehmonni kutib oldi Rossiya prezidenti.
Moskva Pekinning Ukrainadagi vaziyatni tartibga solish rejasini diqqat bilan o‘qib chiqdi va uni muhokama qilish uchun vaqt bo‘ladi. Rossiya Federatsiyasi muzokaralar uchun doimo ochiq;
Xitoy oldinga ulkan sakrashni amalga oshirdi, so‘nggi o‘n yil ichida Rossiya va Xitoy o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda muhim qadamlar qo‘yildi, tovar ayirboshlash ikki baravardan ziyod oshdi. Lekin oldinda hali umumiy vazifalar va maqsadlar juda ko‘p;
Moskva va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar ko‘p qutblilikni mustahkamlashga yordam beradi.
Rossiya prezidenti Si Szinpinni Xitoy Xalq Respublikasi raisi lavozimiga qayta saylangani bilan tabrikladi.

Si Szinpinning bayonotlari:

Xitoy rahbari ham o‘z navbatida, Putinni qadrdon do‘st deb atadi va qo‘shimcha qildi:
Xitoy tomoni ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda, ular tarixiy mantiqqa ega;
Rossiya farovonlik sohasida sezilarli yutuqlarga erishdi, ishonchim komilki, Rossiya xalqi prezidentlik saylovlarida Putinni qo‘llab-quvvatlaydi.
Eslatib o‘tamiz Rossiya va Xitoy yetakchilari uchrashuvning asosiy, rasmiy qismi ertaga 21-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Bugun davlat rahbarlarining norasmiy uchrashuvi va kechgi ovqat rejalashtirilgan.
Ma’lumot uchun, ushbu tashrif Xitoy raisi Si Sizinpin mart oyida qayta saylanganidan so‘ng amalga oshirilgan birinchi xorijiy tashrif bo‘ldi. Xitoy yetakchisining aytishiga ko‘ra, bundan 10-yil oldin u ilk bor oliy lavozimga saylanganida ham o‘zining birinchi tashrifini aynan Moskvaga amalga oshirgan va Vladimir Putin bilan uchrashgan. O‘tgan davr mobaynida Rossiya - Xitoy munosabatlari ildam rivojlangan va bunga ikki davlat rahbarlari orasidagi iliq do‘stona munosabatlar ham sabab bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0