https://oz.sputniknews.uz/20230320/putin-33068921.html
Putin: bitim uzaytirilmagan taqdirda Rossiya Afrikaga bepul don yetkazib beradi
Putin: bitim uzaytirilmagan taqdirda Rossiya Afrikaga bepul don yetkazib beradi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya rahbari mamlakat Rossiya Afrikaning muhtoj mamlakatlariga bepul oziq-ovqat yetkazib berishga tayyorligini bildirdi. 20.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-20T17:41+0500
2023-03-20T17:41+0500
2023-03-20T17:57+0500
rossiya
vladimir putin
afrika
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/14/33068988_0:0:2955:1662_1920x0_80_0_0_2fb2022ae29d98096cc80a4fde22740b.jpg
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Rossiya agar 60 kundan keyin don bitimini uzaytirmasa, Afrikaning muhtoj mamlakatlariga bepul oziq-ovqat yetkazib beradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya-Afrika ko‘p qutbli dunyoda” anjumanida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.“Yana bir narsani qo‘shimcha qilishni istardim: agar 60 sutkadan keyin bitimni uzaytirmaslik borasida qaror qabul qilsak, biz o‘tgan vaqt davomida Afrikaning o‘ta muhtoj mamlakatlariga yo‘naltirilgan butun hajmni Rossiyadan bu mamlakatlarga bepul yetkazib berishga tayyormiz”, - dedi Rossiya rahbari.2022 yil 22-iyul kuni Istanbulda Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari ikki hujjatdan iborat paketni imzoladi. Birinchi memorandum BMTning Rossiya o‘g‘itlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jahon bozorlariga eksport qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash majburiyati bilan bog‘liq. Ikkinchisi Qora dengizdagi portlardan Ukraina donini eksport qilish algoritmini belgilaydi. Ushbu paketli bitim global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Bir necha kun ilgari don bitimi yana 60 kunga uzaytirilgani ma’lum bo‘ldi.Moskva don bo‘yicha kelishuvning Rossiyaga taalluqli qismi bajarilmayotganidan norozi - Rudenko
afrika
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/14/33068988_24:0:2755:2048_1920x0_80_0_0_b3826d9f712d65195110f0cfdec480cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, vladimir putin, afrika
rossiya, vladimir putin, afrika
Putin: bitim uzaytirilmagan taqdirda Rossiya Afrikaga bepul don yetkazib beradi
17:41 20.03.2023 (yangilandi: 17:57 20.03.2023) Rossiya rahbari mamlakat Rossiya Afrikaning muhtoj mamlakatlariga bepul oziq-ovqat yetkazib berishga tayyorligini bildirdi.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Rossiya agar 60 kundan keyin don bitimini uzaytirmasa, Afrikaning muhtoj mamlakatlariga bepul oziq-ovqat yetkazib beradi. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin “Rossiya-Afrika ko‘p qutbli dunyoda” anjumanida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
“Yana bir narsani qo‘shimcha qilishni istardim: agar 60 sutkadan keyin bitimni uzaytirmaslik borasida qaror qabul qilsak, biz o‘tgan vaqt davomida Afrikaning o‘ta muhtoj mamlakatlariga yo‘naltirilgan butun hajmni Rossiyadan bu mamlakatlarga bepul yetkazib berishga tayyormiz”, - dedi Rossiya rahbari.
2022 yil 22-iyul kuni Istanbulda Rossiya, Ukraina, Turkiya va BMT vakillari ikki hujjatdan iborat paketni imzoladi. Birinchi memorandum BMTning Rossiya o‘g‘itlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini jahon bozorlariga eksport qilish bo‘yicha cheklovlarni olib tashlash majburiyati bilan bog‘liq. Ikkinchisi Qora dengizdagi portlardan Ukraina donini eksport qilish algoritmini belgilaydi. Ushbu paketli bitim global oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan. Bir necha kun ilgari don bitimi yana 60 kunga uzaytirilgani
ma’lum bo‘ldi.