Prezident sovg‘asi: Osiyo Kubogi g‘oliblariga avtomobillar topshirilmoqda —video

Shavkat Mirziyoyev
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston U-20 jamoasi va murabbiylar shtabiga prezident sovg‘asi - “Gentra” avtomobili topshirilmoqda.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Osiyo kubogini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston U-20 jamoasi a’zolariga avtomobillar topshirilmoqda, deya xabar berdi Yoshlar ishlari agentligi direktori Alisher Sa’dullayev.
Bugun Osiyo chempionlari O‘zbekiston U-20 jamoasini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda barcha futbolchilar, jamoa a’zolariga va murabbiylar shtabiga prezident sovg‘asi - 33 ta “Gentra” avtomobili topshirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 18-mart kuni O‘zbekiston U-20 jamoasi Osiyo Kubogi g‘olibi bo‘ldi. Finalda jamoa Iroqqa qarshi o‘ynadi va 1:0 hisobida ustun keldi.
Mavzuga oid:
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston - Iroq o‘yinini maydondan kuzatmoqda.
Prezident futbolchilar bilan bir jamoa bo‘lib, kubokni ko‘tardi.
Yangiliklar lentasi
0