Misrdan O‘zbekistonga ayrim o‘simlik namunalarini olib kirish vaqtinchalik taqiqlandi

© pexels.com/Manuel Torres GarciaZeleniy vinograd pod golubim nebom
Zeleniy vinograd pod golubim nebom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2023
Obuna bo‘lish
Misr Arab Respublikasidan O‘zbekistonga olib kelingan uzum qalamchasi partiyasi namunalarida kasallik aniqlandi.
TOShKENT, 20 mar — Sputnik. Misrdan O‘zbekistonga olib kelingan o‘simlik mahsulotlari ekish materiallarida karantindagi viruslar aniqlandi. Bu haqda O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Misr Arab Respublikasidan O‘zbekistonga olib kelingan uzum qalamchasi partiyasi namunalarida Grapevine virus A (GVA) - Tok klosterovirusi (tok A virusi) va Grapevine leafroll-associated viruses (GLRAV-3) - tok barglarining bujmayish kasalligi aniqlangan.
Fitosanitariya talablariga ko‘ra, tokning ekin materiallari o‘simliklar karantini obyektlaridan xoli bo‘lishi hamda o‘simliklar karantini obyektlaridan xoli hududda yetishtirilgan bo‘lishi lozim.
Misrning virus aniklangan hududidagi ko‘chatxonalarida yetishtirilgan ekish materiallarini import qilishga vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi.
Yangiliklar lentasi
0