Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 20-martning asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka o‘tishRabota morskoy pexoti v zone SVO
Rabota morskoy pexoti v zone SVO - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yo‘q qilishda davom etmoqda.
TOShKENT, 20 mar - Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning so‘nggi sutka davomida sodir bo‘lgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupansk yo‘nalishida "G‘arb" qo‘shinlar guruhi Xarkov viloyatining Dvurechnaya, Berestovoe va Lugansk Xalq Respublikasining Artemovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlari bo‘linmalariga zarba berishi natijasida UQKning 55 nafar harbiy xizmatchisi, zirhli jangovar mashinasi, ikkita pikapi va D-20 gaubitsasi yo‘q qilindi.
Krasniy Liman yo‘nalishida "Markaz" qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari DXRning Yampolovka va Terniy aholi punktlari hududlariga havo zarbalari va artilleriya o‘qlaridan dushmanning ishchi kuchi va texnikasiga zarba berdi. Kun davomida bu yo‘nalishda 100 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilar, bitta BMP, uchta pikap, yengil avtomobil, shuningdek, "Msta-B" gaubitsasi yo‘q qilindi.
Donesk yo‘nalishida "Janubiy" qo‘shinlar guruhi bo‘linmalari Semonovka, Petrovskoe va Tonenkoe aholi punktlari hududlarida artilleriyadan o‘qqa tutilishi davomida 245 dan ortiq ukrainalik harbiy xizmatchilari, bitta tank, uchta zirhli jangovar texnika, uchta pikap, bitta "Grad" reaktiv o‘t ochish tizimi va "Msta-B" gaubitsasi yo‘q qilindi.
Janubiy Donesk va Zaporojye yo‘nalishlarida "Vostok" qo‘shinlari guruhi DXRning Ugledar va Novomixaylovka aholi punktlari hududlarida UQKning 50 dan ortiq harbiy xizmatchisi, uchta tanki, to‘rtta piyoda jangovar mashinasi, ikkita zirhli jangovar mashinasi, to‘rtta transport vositasi va bitta D-20 gaubitsasini yo‘q qildi.
Xerson yo‘nalishida 40 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, uchta avtomashina, "Gvozdika" o‘ziyurar gaubitsasi, D-30 gaubitsasi va AQShda ishlab chiqarilgan "Paladin" o‘ziyurar artilleriya majmuasi yong‘in hujumi natijasida yo‘q qilindi. .
Aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriya o‘tgan kun davomida UQKning 112 ta hududda joylashgan 82ta artilleriya bo‘linmalariga zarba berdi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyotlari Xarkov viloyati Kolesnikovka qishlog‘i yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining Mi-8 vertolotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari kun davomida HIMARS (AQSh) ko‘p raketa tizimining beshta raketasini, shuningdek, bitta HARM antiradar raketasini tutib oldi.
Bundan tashqari, Lugansk Xalq Respublikasining Kremennaya, Rubejnoe, Ploshanka, Karmazinovka va Donesk Xalq Respublikasining Kirillovka aholi punktlari hududlarida 7ta UQK uchuvchisiz apparatlari yo‘q qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina Qurolli kuchlari jami 402 ta samolyot, 223 ta vertolot, 3471 ta uchuvchisiz uchish apparati, 414 ta zenit-raketa kompleksi, 8355 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnika, 1070 ta ko‘p raketali tizimlar jangovar texnikasi, 4395 ta dala artilleriya qurollari va minomotlari, shuningdek, 9027 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0