Tojikistonda sodir bo‘lgan YTHda O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi – video

Spidometr - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2023
Obuna bo‘lish
Ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisa 17-martdan 18-martga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Tojikistonda sodir bo‘lgan dahshatli yo‘l-transport hodisasida O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi. Bu haqda Sputnik Tojikiston yozmoqda.
Voqea Zarafshon mikrorayonidan o‘tuvchi Zarnisor ko‘chasi chorrahasida (Dushanbe) sodir bo‘lgan.
O‘zbekistonlik haydovchi katta tezlikda temir yo‘l to‘sig‘iga urilgan. Oqibatda mashina ikki qismga bo‘linib ketgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, baxtsiz hodisa 17-martdan 18-martga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan aniqlanishicha, Mercyedes-Benz rusumli avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan, oqibatda u voqea joyida vafot etgan.
Dushanbe ichki ishlar vazirligi marhumning shaxsini aniqlagan - u O‘zbekiston fuqarosi, Namangan viloyatida yashovchi 23 yoshli yigit bo‘lgan.
Huquq-tartibot idoralari xodimlari hodisa yuzasidan surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.
Yangiliklar lentasi
0