“Silk Avia”ning birinchi samolyoti Toshkentga yo‘l oldi

© Uzbekistan Airports“Silk Avia”ning birinchi samolyoti Toshkentga yo‘l oldi
“Silk Avia”ning birinchi samolyoti Toshkentga yo‘l oldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2023
Obuna bo‘lish
Samolyot Bangkokdan Toshkentga kelguncha Tailand, Hindiston, Ummon, Misr, Kipr va Ozarbayjonda oltita texnik to‘xtashni amalga oshiradi.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. “Silk Avia” kompaniyasining birinchi samolyoti Toshkentga yo‘l oldi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Qayd etilishicha, 17-mart kuni soat 23:07 da (Toshkent vaqti bilan 18-mart 04:07 da) mintaqaviy “Silk Avia” milliy aviakompaniyasining birinchi samolyoti Bangkokdan Toshkentga uchdi.
Samolyot Bangkokdan Toshkentga kelguncha Tailand, Hindiston, Ummon, Misr, Kipr va Ozarbayjonda oltita texnik to‘xtashni amalga oshiradi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, “Silk Avia” aviakompaniyasining birinchi samolyoti Toshkentga 21-mart kuni qo‘nadi.
Qayd etilishicha, yo‘lovchi sig‘imi 70 kishilik ATR 72-600 samolyoti dunyodagi eng mashhur qisqa masofaga uchuvchi samolyotlardan biri hisoblanadi.
Yangiliklar lentasi
0