Putin Mariupolga bordi — video

© POOL / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin
Prezident RF V. Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2023
Obuna bo‘lish
“Nevskiy” mikrorayonida Rossiya prezidenti mahalliy aholi bilan suhbatlashgan. Shuningdek, Putin oilalardan birining taklifiga binoan ularning uyiga borgan.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin ish safari bilan Mariupolga bordi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Putin bir qancha obyektlarni ko‘zdan kechirgan, aholi punktlarida yashovchilar bilan suhbatlashgan. Putin u yerga vertolotda yetib kelgan, so‘ng shahar tumanlari bo‘ylab mashinada harakatlangan.
Bosh vazir o‘rinbosari Marat Xusnullin Putinga Mariupolda olib borilayotgan qurilish ishlari, shahar va uning atrofidagi hududlarni qayta tiklash haqida so‘zlab berdi.
“Jumladan, yangi turar-joy mikrorayonlari, ijtimoiy va ta’lim obyektlari, uy-joy kommunal infratuzilmasi, tibbiyot muassasalari qurilishi muhokama qilindi”, — deyilgan xabarda.
Qayd etilishicha, “Nevskiy” mikrorayonida Rossiya prezidenti mahalliy aholi bilan suhbatlashgan. Shuningdek, Putin oilalardan birining taklifiga binoan ularning uyiga borgan.
Bundan tashqari, Rossiya rahbari Mariupoldagi yaxtalar klubi, teatr binosi va yodgorlik joylari yaqinidagi qirg‘oq bo‘ylab yurgan.
Yangiliklar lentasi
0