Mirziyoyevning islohotlari o‘z samarasini allaqachon isbotlagan – Qozog‘iston elchisi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovPosol Kazaxstana v Uzbekistane Beybut Atamkulov
Posol Kazaxstana v Uzbekistane Beybut Atamkulov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2023
Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Biz qardosh O‘zbekistonda kechayotgan siyosiy jarayonlarni alohida e’tibor bilan kuzatmoqdamiz, dedi diplomat.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Ijtimoiy-iqtisodiy blokni isloh qilish va O‘zbekiston tashqi siyosatini o‘zgartirish o‘z samarasini allaqachon isbotladi, dedi Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchisi Beybut Atamqulov Sputnik muxbiriga bergan intervyusida.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston hozirda inson huquqlari himoyasini kuchaytirish, ijtimoiy kafolatlarni ta’minlash, hokimiyat tarmoqlari o‘rtasidagi vakolatlarni chegaralashdan iborat bo‘lgan konstitutsiyaviy islohotlarning faol bosqichida.

“Biz qardosh O‘zbekistonda kechayotgan siyosiy jarayonlarni alohida e’tibor bilan kuzatmoqdamiz. Ijtimoiy-iqtisodiy blokni chuqur isloh qilish, Shavkat Mirziyoyevning davlat rahbari etib saylanishi bilan boshlangan tashqi siyosat yo‘nalishidagi o‘zgarishlar allaqachon o‘z samaradorligini isbotlagan”, - dedi Atamqulov.

Shuningdek, uning qo‘shimcha qilishicha, mamlakat asosiy Qonuniga taklif etilayotgan o‘zgartirishlar jamiyatda qo‘llab-quvvatlanadi va aprel oyining oxiriga rejalashtirilgan umumxalq referendumi buning isboti bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni loyihasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining referendumi 2023-yil 30-aprel – yakshanba kuni o‘tkaziladi.
Yangiliklar lentasi
0