Kiberxavfsizlik markazi ogohlantirish bilan chiqdi

CC0 / Unsplash / Priscilla Du PreezJenshina derjit mobilniy telefon
Jenshina derjit mobilniy telefon - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.03.2023
Obuna bo‘lish
“Moliyaviy yordam” mazmunidagi feyk xabarlarga ishonib qolmaslik so‘ralmoqda.
TOShKENT, 19 mar — Sputnik. Ichki ishlar vazirligining Kiberxavfsizlik markazi ogohlantirish bilan chiqdi.
Xabarda “Moliyaviy yordam” mazmunidagi feyk xabarlarga ishonib qolmaslik so‘ralmoqda.
“Feysbuk ijtimoiy tarmog‘i orqali “Moliyaviy yordam” nomi bilan tarqatilayotgan “O‘zbekiston aholisiga Prezident va hukumat tomonidan moliyaviy yordam, hamda voyaga yetgan O‘zbekiston Respublikasi xududida yashovchi har bir fuqaroga bir martalik to‘lovni amalga oshirish” mazmunidagi xabarlar kelsa, aslo ularga ishonmang. Ushbu xabarlar yolg‘on”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, ta’kidlanishicha, firibgarlar bu orqali ijtimoiy tarmoqlarda havolani boshqalarga tarqatishga urinmoqda.
Yangiliklar lentasi
0