https://oz.sputniknews.uz/20230318/toshkentda-ijara-narxi-arzonlashdi-uylar-narxi-esa-osdi-33010681.html
Toshkentda ijara narxi arzonlashdi, uylar narxi esa o‘sdi
Toshkentda ijara narxi arzonlashdi, uylar narxi esa o‘sdi
Sputnik O‘zbekiston
Ikkilamchi uy-joy bozorida o‘rtacha narxlar bir oy ichida 4,5 foizga, poytaxtda esa 3,8 foizga oshdi. Fevral oyida Toshkentda uy-joyni ijaraga olish 2,3 foizga... 18.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-18T15:01+0500
2023-03-18T15:01+0500
2023-03-18T15:01+0500
iqtisod
o‘zbekiston
uy
uy-joylar narxi
ijara
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/10/32299622_0:160:3073:1888_1920x0_80_0_0_cfa687da1906980f8ddfdfa3f3090c73.jpg
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Toshkentda ijara narxi arzonlashdi, uylar narxi esa o‘sdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi xabar berdi.Qayd etilishicha, ikkilamchi uy-joy bozorida o‘rtacha narxlar bir oy ichida 4,5 foizga, poytaxtda esa 3,8 foizga oshdi. Shu bilan birga, fevral oyida Toshkentda uy-joyni ijaraga olish 2,3 foizga arzonlashdi.Ketma-ket ikkinchi oy davomida uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni ortib bormoqda. Agar yanvar oyida 18 ming bitim qayd etilgan bo‘lsa, fevral oyida ularning soni 22,5 mingtaga yetdi va 24 foizga o‘sdi. Toshkentda ijaraga beriladigan uy-joy narxlari o‘zgardiFevral oyida poytaxtning aksariyat tumanlarida ijaraga beriladigan uy-joy narxlarining pasayishi kuzatildi.Ijaraning eng yuqori narxlari poytaxtning Shayxontohur ($13,3), Yakkasaroy ($12) va Mirobod ($12) tumanlarida qayd etildi.Ijaraning nisbatan past narxlari Uchtepa ($7,7), Sergeli ($6,8) va Bektemir ($6,6) tumanlariga to‘g‘ri keldi.Shu bilan birga, o‘tgan yilning mos davriga kelib, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 19,9 foizga oshdi. Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozoriHisob-kitoblarga ko‘ra, respublikada joriy yil fevral oyida ikkilamchi uy-joy bozorida 1 kv.m. uchun uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi oyiga 4,5%ni tashkil etib, 2022-yil fevral oyiga nisbatan 23,1%ga o‘sdi.Yil boshidan buyon Navoiy – 32,7%, Farg‘ona – 31,5% viloyatlarida va Toshkent - 31,5% shahrida uy – joy narxining sezilarli o‘sishi kuzatildi.Fevral oyida Toshkent shahrining ikkilamchi bozorida narxlarning o‘sishi oyiga 3,8%ni tashkil etdi. Narxlarning eng yuqori o‘sish sur’atlari Chilonzor – 9,6%, Sergeli – 6,2% va Olmazor tumanlarida - 4,9% qayd etildi.O‘tgan yilga nisbatan Toshkent shahrida uy-joylarning o‘rtacha narxi 31,5 foizga oshdi.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/02/10/32299622_170:0:2901:2048_1920x0_80_0_0_d145ee19cc89ebc5ec0eb86e6ccc1990.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, uy, uy-joylar narxi , ijara
iqtisod, o‘zbekiston, uy, uy-joylar narxi , ijara
Toshkentda ijara narxi arzonlashdi, uylar narxi esa o‘sdi
Ikkilamchi uy-joy bozorida o‘rtacha narxlar bir oy ichida 4,5 foizga, poytaxtda esa 3,8 foizga oshdi. Fevral oyida Toshkentda uy-joyni ijaraga olish 2,3 foizga arzonlashdi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik.
Toshkentda ijara narxi arzonlashdi, uylar narxi esa o‘sdi. Bu haqda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi
xabar berdi. Qayd etilishicha, ikkilamchi uy-joy bozorida o‘rtacha narxlar bir oy ichida 4,5 foizga, poytaxtda esa 3,8 foizga oshdi. Shu bilan birga, fevral oyida Toshkentda uy-joyni ijaraga olish 2,3 foizga arzonlashdi.
Ketma-ket ikkinchi oy davomida uy-joy oldi-sotdi shartnomalari soni ortib bormoqda. Agar yanvar oyida 18 ming bitim qayd etilgan bo‘lsa, fevral oyida ularning soni 22,5 mingtaga yetdi va 24 foizga o‘sdi.
Toshkentda ijaraga beriladigan uy-joy narxlari o‘zgardi
Fevral oyida poytaxtning aksariyat tumanlarida ijaraga beriladigan uy-joy narxlarining pasayishi kuzatildi.
Shunday qilib, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 1 kv.m. uchun 9,86 dollarni tashkil etib, 2023-yil yanvar oyiga nisbatan 2,3% foizga pasaydi.
Ijaraning eng yuqori narxlari poytaxtning Shayxontohur ($13,3), Yakkasaroy ($12) va Mirobod ($12) tumanlarida qayd etildi.
Ijaraning nisbatan past narxlari Uchtepa ($7,7), Sergeli ($6,8) va Bektemir ($6,6) tumanlariga to‘g‘ri keldi.
Shu bilan birga, o‘tgan yilning mos davriga kelib, Toshkent shahrida ijaraning o‘rtacha narxi 19,9 foizga oshdi.
Ikkilamchi ko‘chmas mulk bozori
Hisob-kitoblarga ko‘ra, respublikada joriy yil fevral oyida ikkilamchi uy-joy bozorida 1 kv.m. uchun uy-joy narxining o‘rtacha o‘sishi oyiga 4,5%ni tashkil etib, 2022-yil fevral oyiga nisbatan 23,1%ga o‘sdi.
Yil boshidan buyon Navoiy – 32,7%, Farg‘ona – 31,5% viloyatlarida va Toshkent - 31,5% shahrida uy – joy narxining sezilarli o‘sishi kuzatildi.
Fevral oyida Toshkent shahrining ikkilamchi bozorida narxlarning o‘sishi oyiga 3,8%ni tashkil etdi. Narxlarning eng yuqori o‘sish sur’atlari Chilonzor – 9,6%, Sergeli – 6,2% va Olmazor tumanlarida - 4,9% qayd etildi.
O‘tgan yilga nisbatan Toshkent shahrida uy-joylarning o‘rtacha narxi 31,5 foizga oshdi.