https://oz.sputniknews.uz/20230318/saratonga-qarshi-arzonroq-dorilar-yaratishning-samarali-yoli-topildi-33010102.html
Saratonga qarshi arzonroq dorilar yaratishning samarali yoʻli topildi
Saratonga qarshi arzonroq dorilar yaratishning samarali yoʻli topildi
Rossiya va Misr olimlari kasallikni tezroq va arzonroq davolash imkonini beruvchi dorilarni yaratish yoʻlini topishdi. 18.03.2023, Sputnik Oʻzbekiston
2023-03-18T13:25+0500
2023-03-18T13:25+0500
2023-03-18T13:25+0500
dunyoda
rossiya
misr
saraton
olimlar
/html/head/meta[@name='og:title']/@content
/html/head/meta[@name='og:description']/@content
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/10/21813592_0:99:1880:1157_1920x0_80_0_0_c597b09377e2920a98e107779f1e878b.jpg
TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Rossiya va Misr olimlari oʻzaro hamkorlikda saraton kasalligiga qarshi dori vositalarini yaratish jarayonini osonlashtirish va tezlashtirish yoʻlini topdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi xabar berdi.Buning uchun ikki yondashuv — molekulyar modellashtirish hamda hujayralarni oʻstirish usullari umumlashtirildi.Chunki hozirgacha maʼlum usulda onkologik xastaliklarga qarshi samarali preparat yaratish uchun polimer nanozarrachalarini olishga qaratilgan optimal birikma va texnologiyani tanlash kerak.Negaki, ushbu oʻta mitti zarralar dorilarning saraton oʻsimtasiga tezroq va yaxshiroq yetib borishiga yordam beradi. Ammo bu usul uzoq vaqt talab etishidan tashqari, juda qimmatga tushadi.Shu maʼnoda, ikki yondashuv kombinatsiyasi dori vositalari xususiyatlari va taʼsirini eksperementdan avval taxmin qilish imkonini beradi. Shu tariqa optimal tarkib shakllantirilib, samarasiz deb baholangan birikmalar undan chiqarib tashlanadi. Bu esa kasallikni tezroq va arzonroq davolash imkonini beruvchi dorilarni yaratishga xizmat qiladi.Yakunda polimer nanozarralari tarkibidagi yangi hosilalar saraton kasalligini davolashda yuqori natija berishi maʼlum boʻldi.Mavzuga oid:
rossiya
misr
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
2023
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e5/0c/10/21813592_104:0:1777:1255_1920x0_80_0_0_c74bed03b78405112012a85fb56c1d20.jpgSputnik Oʻzbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rosiya Segodnya“
rossiya, misr, saraton, olimlar
rossiya, misr, saraton, olimlar
Saratonga qarshi arzonroq dorilar yaratishning samarali yoʻli topildi
Rossiya va Misr olimlari kasallikni tezroq va arzonroq davolash imkonini beruvchi dorilarni yaratish yoʻlini topishdi.
TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Rossiya va Misr olimlari oʻzaro hamkorlikda saraton kasalligiga qarshi dori vositalarini yaratish jarayonini osonlashtirish va tezlashtirish yoʻlini topdi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi
xabar berdi. Buning uchun ikki yondashuv — molekulyar modellashtirish hamda hujayralarni oʻstirish usullari umumlashtirildi.
Chunki hozirgacha maʼlum usulda onkologik xastaliklarga qarshi samarali preparat yaratish uchun polimer nanozarrachalarini olishga qaratilgan optimal birikma va texnologiyani tanlash kerak.
Negaki, ushbu oʻta mitti zarralar dorilarning saraton oʻsimtasiga tezroq va yaxshiroq yetib borishiga yordam beradi. Ammo bu usul uzoq vaqt talab etishidan tashqari, juda qimmatga tushadi.
Shu maʼnoda, ikki yondashuv kombinatsiyasi dori vositalari xususiyatlari va taʼsirini eksperementdan avval taxmin qilish imkonini beradi. Shu tariqa optimal tarkib shakllantirilib, samarasiz deb baholangan birikmalar undan chiqarib tashlanadi. Bu esa kasallikni tezroq va arzonroq davolash imkonini beruvchi dorilarni yaratishga xizmat qiladi.
Tadqiqot chogʻida yangi usul saratonga qarshi preparat — karboplatin va uning muqobillarida sinab koʻrildi. Olimlar bu dorining yangi hosilalarini tahlil qilib, ularning biologik faolligini baholadi.
Yakunda polimer nanozarralari tarkibidagi yangi hosilalar saraton kasalligini davolashda yuqori natija berishi maʼlum boʻldi.