https://oz.sputniknews.uz/20230318/pskom-norin-topalang-daryolarida-ges-quriladi--tafsilotlar-33006655.html
Pskom, Norin, To‘palang darolarida GES quriladi — tafsilotlar
Pskom, Norin, To‘palang darolarida GES quriladi — tafsilotlar
Sputnik O‘zbekiston
Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga Pskom, Norin, To‘palang darolarida aniqlangan maydonlarda 36 ta o‘rta va yirik gidro elektr stansiyalarni loyihalashtirish bo‘yicha... 18.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-18T08:48+0500
2023-03-18T08:48+0500
2023-03-18T08:48+0500
siyosat
o‘zbekiston
shavkat mirziyoyev
ges
ges qurilishi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/12/33006840_0:66:1280:786_1920x0_80_0_0_60bfb5d25830e90a157c59e5386c2b5b.jpg
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Pskom, Norin, To‘palang darolarida GES barpo etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan uchrashuvda ma’lum qilindi.Yig‘ilishda bu yil “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan kamida 7 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqarilishi ma’lum qilindi.“Katta Andijon” kanalida 23 Megavattli 3 ta hamda To‘palang darosida 16 Megavattli bitta GES qurish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.Bu yilda tadbirkorlar, ijtimoiy soha va aholi xonadonlarida 1,7 ming Megavatt quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Viloyatlarda bu bo‘yicha faol ish boshlangan.Xususan, qisqa vaqtda ijtimoiy sohada 62 Megavatt, tadbirkorlar tomonidan 23 Megavatt, aholi xonadonlarida 20 Megavatt quyosh panellari o‘rnatilgani qayd etildi.Yig‘ilishda bu boradagi ishlarni jadallashtirish, “yashil energiya”ni rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi.Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda 15 ta yangi gidro elektr stansiya ishga tushirilgani, 12 tasi modernizatsiya qilingani natijasida qo‘shimcha 260 Megavattli quvvatlar yaratildi. Bugungi kunda gidroenergetika quvvatlari 2,1 ming Megavattga yetib, yiliga 6,5 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqarilmoqda.Shu bilan birga, gidroenergiya quvvatlarini 1 ming Megavattga oshirish, xususiy sektor ishtirokida 38 Megavattli 58 ta mikro GES qurish imkoniyati hisob-kitob qilingan.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/12/33006840_72:0:1208:852_1920x0_80_0_0_5b0a916b695d7ec3c15a548700aca7c9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, ges, ges qurilishi
siyosat, o‘zbekiston, shavkat mirziyoyev, ges, ges qurilishi
Pskom, Norin, To‘palang darolarida GES quriladi — tafsilotlar
Shavkat Mirziyoyev mutasaddilarga Pskom, Norin, To‘palang darolarida aniqlangan maydonlarda 36 ta o‘rta va yirik gidro elektr stansiyalarni loyihalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Pskom, Norin, To‘palang darolarida GES barpo etiladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar ijrosiga bag‘ishlangan uchrashuvda
ma’lum qilindi. Yig‘ilishda bu yil “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan kamida 7 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqarilishi ma’lum qilindi.
Mutasaddilarga Pskom, Norin, To‘palang darolarida aniqlangan maydonlarda 36 ta o‘rta va yirik gidro elektr stansiyalarni loyihalashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, xususiy sektor ishtirokida 9 Megavattli 26 ta mikro GES barpo etiladi.
“Katta Andijon” kanalida 23 Megavattli 3 ta hamda To‘palang darosida 16 Megavattli bitta GES qurish bilan bog‘liq masalalar ko‘rib chiqildi.
Bu yilda tadbirkorlar, ijtimoiy soha va aholi xonadonlarida 1,7 ming Megavatt quyosh panellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan. Viloyatlarda bu bo‘yicha faol ish boshlangan.
Xususan, qisqa vaqtda ijtimoiy sohada 62 Megavatt, tadbirkorlar tomonidan 23 Megavatt, aholi xonadonlarida 20 Megavatt quyosh panellari o‘rnatilgani qayd etildi.
Yig‘ilishda bu boradagi ishlarni jadallashtirish, “yashil energiya”ni rivojlantirish bo‘yicha tadbirkorlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash zarurligi ta’kidlandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda so‘nggi yillarda 15 ta yangi gidro elektr stansiya ishga tushirilgani, 12 tasi modernizatsiya qilingani natijasida qo‘shimcha 260 Megavattli quvvatlar yaratildi. Bugungi kunda gidroenergetika quvvatlari 2,1 ming Megavattga yetib, yiliga 6,5 milliard kilovatt-soat elektr ishlab chiqarilmoqda.
Shu bilan birga, gidroenergiya quvvatlarini 1 ming Megavattga oshirish, xususiy sektor ishtirokida 38 Megavattli 58 ta mikro GES qurish imkoniyati hisob-kitob qilingan.