O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari qanday o‘tmoqda — foto
O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari qanday o‘tmoqda — foto
Sputnik O‘zbekiston
Navro‘z bayrami arafasidagi bu yilgi umumxalq hashari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilmoqda. 18.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. Hasharda 5 mingga yaqin oilaning uy-joyini ta’mirlab berish, manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazish rejalashtirilgan, deya xabar berdi O‘zA.Navro‘z bayrami arafasidagi bu yilgi umumxalq hashari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilmoqda.Umumxalq xayriya hasharida mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, bolalar maydonchalari va boshqa joylarni obodonlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.Ko‘cha va maydonlar, turar-joylar, ijtimoiy obyektlarning yon-atroflari yanada orasta holatga keltirilmoqda.Hashar kuni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududida 11-mart kuni belgilangan umumxalq xayriya hashari 2023-yil 18-mart sanasiga ko‘chirilgan edi.
Navro‘z bayrami arafasidagi bu yilgi umumxalq hashari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilmoqda.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari bo‘lib o‘tmoqda. Hasharda 5 mingga yaqin oilaning uy-joyini ta’mirlab berish, manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazish rejalashtirilgan, deya xabar berdi O‘zA.
Navro‘z bayrami arafasidagi bu yilgi umumxalq hashari “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida o‘tkazilmoqda.
Umumxalq xayriya hasharida mahallalar, aholi turar joylari, xiyobonlar, ziyoratgohlar, qabristonlar, bolalar maydonchalari va boshqa joylarni obodonlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.
Ko‘cha va maydonlar, turar-joylar, ijtimoiy obyektlarning yon-atroflari yanada orasta holatga keltirilmoqda.
Hashar kuni "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida manzarali va mevali daraxt ko‘chatlari o‘tqazilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston hududida 11-mart kuni belgilangan umumxalq xayriya hashari 2023-yil 18-mart sanasiga ko‘chirilgan edi.