Sport

Oʻzbekiston U20 Osiyo Kubogi gʻolibi boʻldi — foto, video

Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Yagona golni 71-daqiqada Umarali Rahmonaliyev penaltidan kiritdi.
TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. Oʻzbekiston Toshkentda U20 Osiyo Kubogi gʻolibi boʻldi. Finalda jamoa Iroqqa qarshi oʻynadi va 1:0 hisobida ustun keldi.
Oʻyinning 30-daqiqasida Abbosbek Fayzullayev raqib darvozasiga gol kiritgan edi. Ammo, ofsayd sabab natija hisobga olinmadi. Ikkini boʻlimda Fayzullayevga nisbatan oʻyin qoidasi buzildi. Shundan soʻng, hakam tomonidan jarima zarbasi belgilandi.
Yagona golni 71-daqiqada Umarali Rahmonaliyev penaltidan kiritdi.
Oʻzbekiston Iroqni bungacha guruh bosqichida ham yutgandi. Oʻshanda jamoa bir kishi kam boʻlib qolib, 1:0 hisobida ustun kelgan.
Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev bugungi Osiyo Chempionati U-20 doirasida boʻlib oʻtayotgan Oʻzbekiston - Iroq oʻrtasidagi final oʻyinini tomosha qildi.
Oʻyinni shuningdek, Saida Mirziyoyeva, bosh vazir Abdulla Aripov, Toshkent hokimi v. b. Baxtiyor Rahmonov, Futbol assotsiatsiyasi rahbari Abdusalom Azizov, Yoshlar siyosati va sport masalalari vaziri Adham Ikromov va boshqalar ham kuzatib bordi.
© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta
Uzbekistan vыigral Kubok Azii po futbolu
 - Sputnik Oʻzbekiston
1/4
© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta
Uzbekistan vыigral Kubok Azii po futbolu
 - Sputnik Oʻzbekiston
2/4
© Natsionalnыy olimpiyskiy komitet UzbekistanaUzbekistan vыigral Kubok Azii po futbolu
Uzbekistan vыigral Kubok Azii po futbolu  - Sputnik Oʻzbekiston
3/4
Uzbekistan vыigral Kubok Azii po futbolu
© Ministerstvo molodejnoy politiki i sporta
Uzbekistan vыigral Kubok Azii po futbolu
 - Sputnik Oʻzbekiston
4/4
Yangiliklar lentasi
0