Dunyoda

OAV: AQSH va Yevropadagi bank inqirozi Ukrainadagi mojaroda Rossiyaga foyda keltiradi

© Sputnik / Aleksey Kudenko / Mediabankka oʻtishSotrudnik valyutnoy birji
Sotrudnik valyutnoy birji - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.03.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
TOSHKENT, 18 mar — Sputnik. AQSH va Yevropadagi bank inqirozi Ukrainadagi mojaroda Rossiyaga foyda keltiradi. Bu haqda Sputnik radiosi Newsweek nashriga tayanib xabar berdi.
Maqolada yozilishicha, Ukrainaning snaryadlari tugashi oydinlashmoqda va bunday sharoitda u oʻz ittifoqchilaridan yordam talab qilishi aniq. Ammo yevropaliklar oʻz mablagʻlari haqida tobora koʻproq oʻylay boshlasa, jamoatchilik fikri Ukrainaga yordam berish foydasiga oʻzgarmasligi mumkin.
Moliyaviy notinchlik Yevropani iqtisodiy jihatdan zaiflashtiradi va unga urush harakatlarining yukini koʻtarish qiyinroq boʻladi.

“Qitʼada moliyaviy xavotirlar kuchaygan bir paytda Ukrainaga sarflangan mablagʻlardan yevropaliklarning noroziligi YEI uchun yangilik emas. Kuzda Pragada issiqlik va elektr energiyasi narxi oshishiga qarshi namoyishda 70 mingga yaqin odam qatnashdi. Xuddi shu talablar bilan Italiya, Germaniya va Ispaniyada namoyishchilar koʻchalarga chiqdi”, deyiladi xabarda.

Shu bilan birga, maqolada taʼkidlanishicha, Gʻarb davlatlari, katta ehtimol bilan, Ukrainani qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortmaydi, chunki oʻtgan yilgi voqealar ularning pozitsiyalari iqtisodiy omillar emas, balki siyosiy mulohazalar bilan belgilanishini koʻrsatdi.
Yangiliklar lentasi
0