Bayram kunlari ayrim valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari ishlaydi — MB

© pexels.com/Ono KosukiBankomat platejnaya sistema
Bankomat platejnaya sistema - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 18.03.2023
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, bayram kunlari valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida qator banklarda aholiga xizmat ko‘rsatish davom etadi.
TOShKENT, 18 mar — Sputnik. Navro‘z bayrami kunlari 17 ta tijorat bankining valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari ishlashda davom etadi, deya xabar berdi Markaziy bank.
Qayd etilishicha, bayram kunlari valyuta operatsiyalarini amalga oshirishda qo‘shimcha qulayliklar yaratish maqsadida qator banklarda aholiga xizmat ko‘rsatish davom etadi.
“18-22 mart kunlari 17 ta tijorat bankining valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi”, deyiladi xabarda.
Shu bilan birga, kunning istalgan vaqtida chet el valyutasini ayirboshlash imkonini beradigan “24/7” rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari o‘rnatilgan.
Bundan tashqari, jismoniy shaxslar bank binosiga tashrif buyurmagan holda kunning istalgan vaqtida tijorat banklarining mobil ilovalari orqali bank kartalaridan foydalanib, masofadan valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish imkoniyatidan ham foydalanishi mumkin.
Ma’lumot uchun, 1-fevral holatiga tijorat banklari tomonidan o‘rnatilgan bankomat va infokiosklar soni 20 390 tani tashkil qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0