Dunyoda

Xitoy Rossiya bilan hamkorlikni “yelkama-yelka” qurishda davom etadi — elchi

© Depositphotos.com / RyzhovFlagi Rossii i Kitaya
Flagi Rossii i Kitaya - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xitoy elchisi: Ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar “bloklarga qoʻshilmaslik, qarama-qarshilik qilmaslik tamoyillariga asoslanadi va uchinchi tomonlarga qarshi qaratilmagan.
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Xitoy Rossiya bilan strategik hamkorlikni “yelkama-yelka” qurishda davom etadi. Bu haqda Xitoyning Moskvadagi elchisi Chjan Xanxuey RIA Novostiga bergan intervyusida maʼlum qildi.
“Xitoy (Rossiya-tahrir) birgalikda koʻp qutbli dunyo va xalqaro munosabatlarni demokratlashtirish tamoyillarini ilgari surish, global strategik muvozanat va barqarorlik uchun ishonchli kafolatlar berishda davom etadi”, — dedi diplomat.
Xanxuey dunyodagi notinch vaziyatga ishora qildi. Shu bilan birga, u Moskva va Pekin oʻrtasidagi munosabatlar xalqaro maydondagi beqaror vaziyatga javoban mustahkamlanib borayotganini taʼkidladi.
“Ikki davlat yetakchilarining strategik rahbarligida Xitoy va Rossiya yirik davlatlar oʻrtasida strategik ishonch va doʻstona, yaxshi qoʻshnichilik munosabatlari yoʻlidan muvaffaqiyatli oʻtib, yangi turdagi xalqaro munosabatlar modelini yaratdi”, - deydi u.
Elchining taʼkidlashicha, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar “bloklarga qoʻshilmaslik, qarama-qarshilik qilmaslik tamoyillariga asoslanadi va uchinchi tomonlarga qarshi qaratilmagan.
Shu sababli, Moskva va Pekin oʻrtasidagi hamkorlik boshqa davlatlar uchun xavf tugʻdirmaydi va uchinchi tomonlarning aralashuvi va provokatsiyasiga yoʻl qoʻymaydi.
Yangiliklar lentasi
0