Rossiya

Si Tszinpin ilk davlat tashrifini Rossiyaga amalga oshiradi

© AP Photo / Andy WongSi Tszinpin
Si Tszinpin - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xitoy rahbari Si Tszinpin oʻz lavozimiga yangidan saylanganidan soʻng ilk davlat tashrifini Rossiyaga amalga oshiradi.
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. XXR raisi Si Tszinpin prezident Vladimir Putinning taklifiga binoan 20-22 mart kunlari Rossiyaga tashrif buyuradi, deb xabar qildi RIA Novosti Kreml matbuot xizmatiga asosan.
“XXR va Rossiya rahbarlari muzokaralari chogʻida Rossiya va Xitoy oʻrtasidagi har tomonlama sheriklik munosabatlari va strategik hamkorlikni yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Tashrif davomida Moskva va Pekin oʻrtasidagi xalqaro maydondagi hamkorlikni chuqurlashtirish yuzasidan ham fikr almashish rejalashtirilgan. Shuningdek, bir qator muhim ikki tomonlama hujjatlar imzolanadi, deya taʼkidladi Kreml.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin Xitoy rahbarining Rossiyaga tashrifi doʻstlik tashrifi boʻlib, mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro tushunish va ishonchni yanada mustahkamlashini taʼkidladi. Shuningdek, sammit Moskva va Pekin oʻrtasidagi munosabatlarni rivojlantirishga yangi surʼat bagʻishlaydi va ikki xalq oʻrtasidagi avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan doʻstlikning siyosiy poydevorini mustahkamlaydi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Si Tszinpin Putin bilan ikki tomonlama munosabatlar, xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan chuqur fikr almashishini qayd etdi. Muzokaralar qarama-qarshilik qilmaslik va uchinchi tomonlarni nishonga olmaslik tamoyillari asosida olib boriladi.
Putin va Si Tszinpin oxirgi marta oʻtgan yilning dekabr oyida videokonferentsiya orqali muzokara oʻtkazgan edi. Keyin Rossiya rahbari xitoylik hamkasbini Moskvaga taklif qildi.
Putinning soʻzlariga koʻra, tashrif butun dunyoga Rossiya-Xitoy aloqalari mustahkamligini namoyish etadi va ikki tomonlama munosabatlardagi yilning asosiy siyosiy voqeasiga aylanadi.
Yangiliklar lentasi
0