Dunyoda

Rossiya yonida qaynoq nuqta tashkil qilish uchun AQSH yana qaysi davlatni yoqib yuborishga tayyor?

© AFP 2023 / ZURAB TSERTSVADZEMujchina s flagom SSHA na protestax v Tbilisi 9 marta 2023 goda.
Mujchina s flagom SSHA na protestax v Tbilisi 9 marta 2023 goda. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Gruziya hozir Rossiyaga qoʻshni boʻlgan va Vashington "qoʻli yetadigan" yagona davlatdir. Shu sababli ham AQSH aynan Gruziyani yoqib yuborishga urinmoqda.
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Qoʻshma Shtatlar Gruziyadan Rossiya janubida yana bir notinch nuqta tashkil qilish maqsadida. Bu haqda RIA Novosti Myśl Polska nashriga tayanib xabar berdi.

“Gruziya hozir Vashingtonning Kavkazdagi yagona tayanchidir. Amerika neokonservatorlarining rejalarida Gruziya Rossiyaning janubiy chegaralarida "provokator" va mojarolarni qoʻzgʻatuvchi rolini oʻynashi kerak”, deyiladi xabarda.

Sharhlovchining fikricha, Gʻarb va Rossiya oʻrtasidagi mojaroga aralashmaslikka urinayotgan davlatlar kutilmagan muammolarga duch kelgani uchun katta narx toʻlamoqda va Gruziya bunga eng soʻnggi misol.
Gruziya hukumati ommaviy axborot vositalarida xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi qonunni qabul qilmoqchi boʻlganidan keyin sodir boʻlgan soʻnggi ommaviy norozilik namoyishlari ortida AQSH turibdi.
Jurnalist Gʻarbning ikkiyuzlamachiligiga ham ishora qilib, bunday qonunlar AQShda mavjud va tez orada Yevropaning oʻzida ham paydo boʻlishi mumkinligini qayd etdi.
Jurnalistning fikricha, Vashingtonning maqsadi hukumatdagi oʻzgarishlar uchun mamlakatda tartibsizliklar keltirib chiqarish, shuningdek, Rossiyaga qoʻshni mintaqani beqarorlashtirishdir.

"Bir narsa aniq: Rossiya atrofida yangi qaynoq nuqtalar paydo boʻladi. Qoʻzgʻatuvchilar bu olovda yonayotgan xalqlar taqdiriga mutlaqo befarq", - deya xulosa qildi jurnalist.

Eslatib oʻtamiz, 7 mart kuni Gruziya parlamenti xorijiy agentlar toʻgʻrisidagi qonun loyihasini birinchi oʻqishda qabul qilganidan soʻng Tbilisida ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi, politsiya ularni koʻzdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlar yordamida tarqatdi. Natijada qonun loyihasi qaytarib olindi.
Mavzuga oid:
Gruziya parlamentida chet el agentlari haqida qanday qonun versiyalari taqdim etilgan.
Gruziyadagi namoyishlar nimasi bilan boshqa davlat toʻntarishlariga oʻxshaydi - video
Yangiliklar lentasi
0