Navro‘z bayrami kunlari Toshkentda avtobuslar qanday tartibda harakatlanadi?

© Press-slujba AO "Toshshaxartransxizmat".Avtobus AO "Toshshaxartransxizmat"
Avtobus AO Toshshaxartransxizmat  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2023
Obuna bo‘lish
Toshshahartransxizmat jamoat transporti faoliyati tartibini tasdiqladi.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Navro‘z bayrami kunlari Toshkentdagi jamoat transportining harakat tartibi ma’lum bo‘ldi, deya xabar berdi “Toshshahartransxizmat”.
Navro‘z bayramini nishonlash maqsadida 18-22 mart kunlari dam olish, 25-mart esa ish kunlari etib belgilanganligi munosabati bilan, jamoat transporti faoliyati tartibi tasdiqlandi.
Jadval:
18 mart - shanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
19, 20, 21, 22-mart - yakshanba kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida;
25 mart - ish kunlari uchun tasdiqlangan jadvallar asosida.
Ma’lumot uchun, prezident farmoniga ko‘ra, 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun, 6 kunlik ish haftasida ishlaydiganlar – 4 kun dam oladi.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda Navro‘z bayrami munosabati bilan qator tadbirlar o‘tkaziladi.Tadbirlar 22-martgacha har kuni, 23-martdan 15-aprelga qadar esa haftaning har shanba va yakshanba kunlari soat 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Yangiliklar lentasi
0