Podgotovka boytsov dobrovolcheskogo batalona imeni Sudoplatova na poligone v Zaporojskoy oblasti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21 fevral kuni Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini eʼlon qildi, 24 fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini maʼlum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarogʻ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Maxsus operatsiya: 17 martning asosiy xabarlari

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Mediabankka oʻtishRabota morskoy pexotы v zone SVO
Rabota morskoy pexotы v zone SVO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yoʻq qilishda davom etmoqda.
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning soʻnggi sutka davomida sodir boʻlgan asosiy voqealari.

Mudofaa vazirligi hisoboti:

Kupyansk yoʻnalishida "Gʻarbiy" qoʻshinlar guruhi Xarkov viloyatining Dvurechnoye, Berestovoye va Lugansk Xalq Respublikasining Artemovka aholi punktlari hududlarida Ukraina Qurolli kuchlari boʻlinmalariga zarba berdi. Dushmanning yoʻqotishlari 40 dan ortiq harbiy xizmatchilar, zirhli jangovar mashina, ikkita mashina va 113-hududiy mudofaa brigadasining oʻq-dorilar omborini tashkil etdi.
Krasnыy-Liman yoʻnalishida "Markaz" qoʻshinlari guruhi DXRning Terniy va Yampolovka aholi punktlari hududlarida kun davomida dushmanning 70 dan ortiq harbiy xizmatchilari, BMP, zirhli jangovar mashina, uchta pikap, bir yengil avtomobil va D-30 gaubitsasini yoʻq qilindi.
Donetsk yoʻnalishida "Janubiy" qoʻshinlar guruhi boʻlinmalarining faol harakati natijasida DXRning Semyonovka, Petrivske va Tonenkoye aholi punktlari hududida 135 nafargacha ukrainalik harbiy xizmatchi, uchta zirhli jangovar mashina, toʻrtta pikap, bitta yengil avtomobil, bir jangovar avtomobil, "Grad" reaktiv tizimi, D-30 gaubitsasi, shuningdek, UQKning 53-mexanizatsiyalashgan brigadasi oʻq-dorilar ombori yoʻq qilindi.
Janubiy Donetsk va Zaporojye yoʻnalishlarida "Vostok" qoʻshinlari guruhi DXRNing Ugledar va Novomixaylovka aholi punktlari hududlarida UQKning 65 nafar harbiy xizmatchisi, ikkita zirhli jangovar mashina, ikkita pikap, uchta yengil avtomobil va ikkita D-20 gaubitsasini yoʻq qildi.
Xerson yoʻnalishida 25 tagacha ukrainalik harbiy xizmatchi, ikkita zirhli jangovar mashina, oʻnta texnika, "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasi va "Akatsiya" oʻziyurar artilleriya majmuasi yoʻq qilindi.
Rossiya aviatsiya, raketa kuchlari va artilleriyasi UQKning 112ta hududda joylashgan 82 ta artilleriya boʻlinmalariga zarba berdi.
Xarkov viloyatining Mirnoye qishlogʻi hududida UQKning past uchuvchi havo nishonlarini aniqlash radar stantsiyasi pozitsiyasi aniqlandi va yoʻq qilindi.
DXRning Redkodub aholi punkti hududida AQShda ishlab chiqarilgan AT/TPQ-36 Artilleriyaga qarshi radar yoʻq qilindi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari bir sutkada HIMARS (AQSH) raketa tizimi va "Tochka-U" taktik raketalarining beshta raketasini tutib oldi.
Xerson viloyatining Korsunka, Golaya Pristan, LXRning Rubejnoye, Xarkov viloyatining Kotlyarovka va Olshana aholi punktlari hududlarida kun davomida Ukrainaning 14ta uchuvchisiz apparati yoʻq qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan beri Ukraina jami 402 ta samolyot, 221 ta vertolyot, 3448 ta uchuvchisiz uchish apparati, 414 ta zenit-raketa majmuasi, 8326 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalari, 1064 ta koʻp raketali tizimlari, 4377 ta dala artilleriya qurollari va minomyotlari, shuningdek, 8985 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0