Kolumnistlar

“Gʻalla bitimi” uzaytirildi: bu Rossiyaga nima uchun kerak?

© AP Photo / David GoldmanSuxogruz Navi-Star s zernom v portu Odessы. Arxivnoye foto
Suxogruz Navi-Star s zernom v portu Odessы. Arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya TIV 14 mart, seshanba kuni “gʻalla bitimi”ni yana 60 kunga eski shartlar asosida uzaytirishini eʼlon qildi
TASHKENT 17 mar — Sputnik. Rossiya TIV 14 mart, seshanba kuni “gʻalla bitimi”ni yana 60 kunga eski shartlar asosida uzaytirishini eʼlon qildi: Moskva Ukrainaning Qora dengiz sohilidagi uchta portidan oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz eksport qilishga yordam berishda davom etadi, BMT esa oziq-ovqat va oʻgʻitlarni Rossiyadan jahon bozorlariga eksport qilishni taʼminlaydi.

Bu bitimning birinchi qismi – Ukraina gʻallasini toʻsiqsiz eksport qilish sakkiz oy davomida toʻliq amalga oshirilayotgan bir paytda – bitimning ikkinchi qismi, yaʼni Rossiya eksporti masalasida esa bir qator muammolar mavjud.

Bitim natijasida Moskva uchun foydasi ekspertlar hamjamiyatining katta qismi tomonidan shubha ostida boʻlgan“gʻalla bitimi”ni nega Rossiya yana uzaytirdi – Sputnik bu savolga aniqlik kiritdi.

“Gʻalla bitimi” –masalasining tarixi

Qishloq xoʻjaligi eksporti sohasida Rossiya va Ukraina anʼanaviy ravishda yetakchi oʻrinlarni egallaydi (masalan, Rossiya bugʻdoy yetkazib berish boʻyicha jahonda birinchi oʻrinda, Ukraina esa bu roʻyxatda beshinchi oʻrinda turadi).
Bu ikki davlatdan mahsulotlarni yetkazib berish bilan bogʻliq muammolar bozorga sezilarli taʼsir koʻrsatdi: gʻalla va oʻgʻit mahsulotlari narxi sezilarli darajada oshdi.
Ukraina, maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan soʻng, oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilish bilan bogʻliq muammolarga duch keldi (aslida oʻzlari tomonidan minalangan dengiz portlari tufayli). Rossiya esa Gʻarb davlatlarining misli koʻrilmagan sanktsiyalari bosimiga duch keldi, bu de-yure Rossiyaning oziq-ovqat eksportini cheklamaydi, lekin de-fakto uni bir qator moliyaviy cheklovlar va toʻgʻridan-toʻgʻri taqiqlar bilan bloklaydi (Yevropa portlariga kirish, Rossiya operatorlarining kemada yuk tashish huquqi, sugʻurta qilish, toʻlovlarni amalga oshirish va h.k.).
Aynan oziq-ovqat inqirozi bilan bogʻliq vaziyatning yomonlashishiga yoʻl qoʻymaslik uchun dunyo davlatlari rahbarlari “oziq-ovqat muammosi” ni hal qilishga kirishdilar. Gʻarb eng qashshoq mamlakatlar kelajagi haqida jiddiy xavotir bildirgan holda, bu muammoni imkon qadar tezroq hal qilishga daʼvat qildi.
Eslatib oʻtamiz, oziq-ovqat inqirozi maxsus operatsiya boshlanishidan oldin vujudga kelgan: SOVID-19 pandemiyasi tufayli butun dunyo boʻylab oziq-ovqat yetkazib berish zanjirlari va tarqatish kanallarida uzilish sodir boʻlgan, yoqilgʻi-energetika resurslari narxi rekord darajada oshgan, oziq-ovqat narxlarida oʻn yil ichida maksimal surʼatlarda oʻsgan, qurgʻoqchilik va suv toshqinlari esa Amerika bilan Yevropadagi asosiy ekinlarni yoʻq qilgan.
Muzokaralarda vositachilik vazivasini BMT va Turkiya oʻz zimmasiga oldi, ular bilan 2022 yil 22 iyulda bir vaqtning oʻzida ikkita bitim tuzilgan: “Ukraina portlaridan gʻalla va oziq-ovqat mahsulotlarini xavfsiz tashish boʻyicha tashabbus” va “ RF va BMT oʻrtasida Rossiya qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini jahon bozorlariga yetkazib berish boʻyicha hamkorlik memorandumi”.
Turkiya va BMT bilan tuzilgan birinchi hujjat Rossiya va Ukraina tomonidan alohida imzolangan boʻlsa, ikkinchisi, nomidan koʻrinib turibdiki, faqat RF va BMT tomonidan imzolangan.

Bitimlar nizoga asos

Birinchi bitim Ukrainadan qishloq xoʻjaligi yuklarini tashish uchun dengiz orqali xavfsiz yoʻlni tashkil etishni nazarda tutadi. Uning doirasida gʻalla Ukrainaning uchta portidan – Odessa, Chenomorsk va Yujniy portlaridan eksport qilinadi.
Dastlab, bitim 120 kun davomida amalda boʻlgan, shundan soʻng tomonlarning hech biri eʼtiroz bildirmagani uchun, yana xuddi shunchamuddatga uzaytirilgan. Uzaytirish 17 noyabr kuni amalga oshirilgan – bitim 18 martda tugashi kerak edi.
Ushbu tashabbus doirasida Qora dengiz boʻylab 1600 dan ortiq qatnov amalga oshirildi va 24 million tonnadan ortiq gʻalla eksport qilindi.
“Gʻalla bitimi” tuzilishidan oldin Ukraina va Gʻarb hukumatlari oziq-ovqat inqirozidan aziyat chekayotgan eng qashshoq va rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam berish zarurligini yuqoriga koʻtarib, Ukrainadan gʻalla eksporti boʻyicha kelishuvlar yoʻqligi sababli Afrikada ommaviy ochlik xavfini taʼkidlagandilar.
Biroq, natijada, Ukraina tomonidan eksport qilingan gʻallaning deyarli 65 foizi (bugungi kungacha) beshta davlatga ­– Xitoy, Ispaniya, Turkiya, Italiya va Niderlandiyaga ketgani maʼlum boʻldi. Avstriyaning Exxpress nashri fevral oyida Ukraina bugʻdoyining koʻp qismi ochlikdan azob chekayotgan Afrikaning oʻrniga ispan choʻchqalarini boqish uchun yuborilgani haqida xabar berdi.
Shu paytda, Rossiya qishloq xoʻjaligi mahsulotlari va oʻgʻitlarini (shu jumladan ularni ishlab chiqarish uchun xom ashyoni) jahon bozorlariga eksport qilishda BMT yordamini nazarda tutuvchi ikkinchi hujjatni amalga oshirish bilan bogʻliq muammolar yuzaga keldi.
Xullas, RF oʻgʻitlarining Boltiqboʻyi, Belgiya va Niderlandiya portlarida blok holatida boʻlishi davom etmoqda (262 ming tonnadan atigi 20 ming tonnalik bitta partiya Janubiy Afrikaning Malavi davlatiga yuborilgan). Oʻgʻitlar va oziq-ovqat mahsulotlari boʻlgan Rossiya eksportiga xalaqit beradigan moliyaviy tashkilotlar, bank operatsiyalari, sugʻurta, logistikaning faoliyati hal etilmagan, Tolyatti-Odessa ammiak quvuri esa Ukraina pozitsiyasi tufayli hali ham ishlamayapti.
18 mart –“gʻalla bitimi” tugaydigan kun yaqinlashganda–Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Vershinin Rossiya qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini eksport qilish boʻyicha kelishuvni uzaytirish toʻgʻrisida yangi qaror qabul qilishda bitim samaradorligiga tayanishini aytdi.
Uning taʼkidlashicha, Rossiya Qora dengiz gʻalla tashabbusining faqat 60 kunga uzaytirilishiga qarshi emas.
Ukraina bosh vaziri oʻrinbosari Aleksandr Kubrakov bundan norozi boʻldi. Uning fikriga koʻra, Rossiyaning pozitsiyasi oʻtgan yilning iyul oyida imzolangan hujjatga zid keladi, yaʼni, muddatni uzaytirish 120 kunga amalga oshirilishi kerak.
Janob Kubrakov avval imzolangan hujjatlarda kelishuvning Rossiya eksportiga oid ikkinchi qismi bajarilmagani va Tolyatti-Odessa ammiak quvuri blokirovkasi ochilmaganida hech qanday qarama-qarshilik koʻrmabdi. Ukraina infratuzilma vaziri oʻrinbosari Yuriy Vaskovning soʻzlariga koʻra, Kiyev kelishuvni kamida bir yilga uzaytirmoqchi va unga qoʻshimcha port (Nikolayevni) qoʻshmoqchi.
Yevropa Ittifoqida “gʻalla bitimi”ni hatto koʻshma bitim deb ham hisoblashmaydi, chunki Ukraina gʻallasini xavfsiz eksport qilish toʻgʻrisidagi hujjatlar va Rossiyadan oʻgʻitlar va oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishni osonlashtirish toʻgʻrisidagi memorandumda “imzolovchilar tarkibi har xil”. Yaʼni, 22 iyul kuni YEI maʼlumotlariga koʻra, bir-biriga bogʻliq boʻlmagan va bir-biridan mustaqil boʻlgan mutlaqo boshqa ikkita shartnoma imzolangan.
Bitimlarning bir kunda bir joyda tuzilgani va ikkita shartnomadan bittasi boʻlmagan taqdirda umuman hech qanday bitim boʻlmasligini YEI, albatta, eʼtibordan chetda qoldiradi. Xullas, Gʻarb odatdagidek oʻzining noaniq va tushunarsiz oʻyinini boshladi.

Nima uchun Rossiya bitimni baribir uzaytirdi?

Bitimning Rossiya eksportiga oid ikkinchi qismi bajarilmagani munosabati bilan Rossiya hukumati va rossiyalik ekspertlar “gʻalla tashabbusi”ni bir necha bor tanqid qilishgan.
Nega unda Moskva bu bitimni uzaytirishga rozi boʻldi? Javob oddiy: Rossiya qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotishi kerak.
RF oʻzi isteʼmol qila oladigan miqdordan koʻra koʻproq gʻalla va oʻgʻitlarni ishlab chiqaradi. Shu sababli, Rossiya qishloq xoʻjaligi mahsulotlari uchun jahon bozorlariga chiqish borasida qoʻshimcha cheklovlar mutlaqo nooʻrin boʻlar edi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin taʼkidlaganidek, 2022 yilda mamlakatda rekord darajadagi gʻalla hosili olindi – taxminan 153-155 mln tonna (bir yil avval 120,7 mln tonna). Bu rekord nafaqat RFning zamonaviy tarixida, balki RSFSRda ham bunday koʻrsatkichlar boʻlmagan edi.
Eksport ham rekord boʻlishi aniq (avvalgi rekord 49 mln tonnani tashkil etgan).
RF Qishloq xoʻjaligi vazirligi maʼlumotlariga koʻra, mavsum boshidan beri (qishloq xoʻjaligi yili 1 iyuldan 30 iyungacha davom etadi) Rossiya allaqachon 40 million tonnaga yaqin eksport qilgan.
Qishloq xoʻjaligi yili yakunlariga koʻra, bu koʻrsatkich (barcha infratuzilma va sanktsiya cheklovlarini hisobga olgan holda) 53-54 mln tonnaga yetishi mumkin, dedi “Birlashgan gʻalla kompaniyasi”bosh direktorining oʻrinbosari Kseniya Bolomatova “Rossiya agrotrendlari 2022-2023” anjumanida.

“Agar cheklovlar boʻlmaganida, ehtimol 60 milliondan koʻproq boʻlar edi”, dedi Kseniya Bolomatova.

Bunday hajmlarni amalga oshirish uchun hozirgi geosiyosiy sharoitda mavjud boʻlgan har qanday eksport imkoniyatlari zarur. Bugungi kunda “gʻalla bitimi” esa ularni bazoʻr taʼminlaydi (misol uchun –Azov-Qora dengiz havzasi portlarida quruq yuklarni tashish hajmi 2022 yilda 2021 yilga nisbatan 6 foizga oshgan).
Ammo bu kelishuvdan chiqish qandaydir tarzda Rossiya uchun foyda olib keladimi, bu katta savol. Rossiya eksportchilarining oʻz mahsulotlarini tashish, sugʻurta va toʻlovlar boʻyicha shundoq ham qiyin vaziyati yanada ogʻirlashadi.

Raqobatchini magʻlub etish

Rossiya gʻalla yetishtirish va eksportini oshirayotgan boʻlsa, Ukraina xorijda hosildorlik va gʻalla yetkazib berishning pasayishidan qocha olmayapti.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi tashkiloti (FAO) maʼlumotlariga koʻra, 2022 yil iyulidan 2023 yil fevraligacha Ukrainaning Qora dengiz portlaridan gʻalla eksporti ikki baravar (oʻtgan yilning shu davriga nisbatan) –42,6 mln tonnadan 19,2 mln tonnagacha kamaydi.

Umuman olganda, yil davomida RF gʻalla ishlab chiqarishni (~33-35 million tonna) Ukraina eksporti tushgan miqdor (~23 million tonna) baravariga oshirdi. Rossiya, cheklovlar boʻlmagan taqdirda, “unumdor Ukraina yerlari”da butun joriy qishloq xoʻjaligi yilida ishlab chiqarilgan miqdorga (60 mln tonna) teng ravishdagʻalla eksport qilishi mumkin.
Qolaversa, 65 mln tonna hosil Ukraina uchun odatiy holat. Oxirgi 10 yil ichida Ukraina doimiy ravishda taxminan bir xil miqdorda hosil toʻplangan. Endi, Ukrainada harbiy harakatlar fonida ishlab chiqarishning sezilarli darajada pasayishi haqida gapirishganda, biroz ayyorlik qilishmoqda. Gap shundaki, bugungi kunda Kiyevda jamoatchilik eʼtibori faqat oʻtgan qishloq xoʻjaligi yilining rekord koʻrsatkichiga qaratilgan - oʻsha paytda Ukraina 84 million tonna gʻalla va dukkakli ekinlarni toʻplagan (moyli ekinlar bilan birga 106,6 million tonna).
Mutaxassislarning (ham rus, ham ukrain, ham xalqaro) fikriga koʻra, Ukrainaning 2022 taqvim yilidagi foydasi taxminan yarmiga yoki undan ham koʻproqqa kamaydi. Rossiya, Agrosanoat mahsulotlari eksportini rivojlantirish federal markazi (FDBM "Agroeksport") maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilda gʻalla eksportini pulda 15 foizga oshirdi.
Qishloq xoʻjaligi yilining oxirida Moskva va Kiyev oʻrtasidagi daromad farqi yanada katta boʻlish ehtimoli yuqori. Bu farq, ehtimol, yaqin kelajakda, shu jumladan Ukrainada gʻalla ishlab chiqarishning qisqarishi tufayli oʻsadi. "ProZerno" tahliliy markazi direktori Vladimir Petrichenkoning bashoratiga koʻra, 2023 yilda koʻrsatkich 38 mln tonnaga tushadi.
Shu yoʻsinda, Rossiya jahon bozorlariga oʻz taʼminotini oshirishi mumkin.
Umuman olganda, gʻallaning yetarlicha yuqori bahosini hisobga olsak, Rossiyaning gʻalla eksportidan, shu jumladan “gʻalla bitimi” orqali iqtisodiy foydasi –Ukraina oladigan foydadan sezilarli darajada oshib ketishi ayon boʻladi.
Bunday holat, masalan, kungaboqar yogʻi yetkazib berish sohasida qayd etilmoqda.
Agar 2021/2022 yilgi mavsumda Ukraina eksportining jahonga yetkazib berishdagi ulushi 40% ni, Rossiyaniki esa 29% ni tashkil etgan boʻlsa, hozir kuchlar muvozanati oʻzgarmoqda. AQSH Qishloq xoʻjaligi departamentining fevral oyidagi bashoratiga koʻra, joriy qishloq xoʻjaligi yilida RF kungaboqar yogʻi eksporti boʻyicha jahon yetakchisiga aylanishi mumkin, bu esa ilgari yetakchilikni mustahkam ushlab turgan Ukrainani yetakchijoydan siqib chiqarishi mumkinligini anglatadi.
Shuni taʼkidlash kerakki, 2021 yil taqvim yilida kungaboqar yogʻi Ukrainaga boshqa barcha qishloq xoʻjaligi eksportidan eng katta daromad keltirdi – 6,4 milliard dollar.
Bunga parallel ravishda Rossiya ham jahonning asosiy don ekini – bugʻdoy eksporti boʻyicha uzoq muddatli yetakchilikni mustahkamlamoqda.

Doʻstlik uchun

“Gʻalla bitimi” ning yana bir muhim jihati Rossiyaning hamdoʻst davlatlar bilan munosabatlarini rivojlantirishdir.
Birinchidan, bu gʻalla tannarxini “nazorat qilish” imkonini beradi, shu jumladan, uni pasaytirishga yordam beradi, bu esa jahon narxlariga eʼtiborli boʻlgan Afrika va Osiyo mamlakatlarida katta qiziqish uygʻotadi.
Xuddi shu “qora qitʼa” davlatlari Rossiyaning ularning manfaatlari yoʻlida harakat qilishga tayyorligini koʻrishmoqda (masalan, Ukraina donining katta qismini oʻzi uchun oladigan demping qilayotgan Yevropa Ittifoqidan farqli oʻlaroq) va ular bilan doʻstona munosabatlarni rivojlantirish esa Moskva uchun juda muhim.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan yili BMT Bosh Assambleyasida ovoz berishda Afrika davlatlarining koʻpchiligi Rossiyani maxsus harbiy operatsiya oʻtkazganlikda qoralovchi rezolyutsiyani qoʻllab-quvvatlashdan bosh tortgan edi.
Ikkinchidan, bugungi kunda hamdoʻst mamlakatlar RF dan oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlanmoqda. Rossiya, oʻz navbatida, xuddi shu bozorlarda oʻz oʻrniga ega boʻlib, shu orqali eksportini rivojlantirmoqda va diversifikatsiya qilmoqda.
Shunday qilib, "Agroeksport" va "Rosselxoznadzor" maʼlumotlariga koʻra, 2022 yilda 126 ta davlat Rossiyadan gʻalla va uni qayta ishlash mahsulotlarini sotib oldi. Yaqin Sharq, Osiyo, Afrika hamdoʻst mamlakatlari va YEOIIdagi ittifoqchilar ularning eng yirik xaridoriga aylandi.
Rossiya uchun kutilmagan foydali tomon, shuningdek, bir qator Yevropa mamlakatlarida sodir boʻlayotgan voqealardan norozilik edi.
Avvalroq YEI ukrainalik fermerlar uchun bojsiz savdo rejimini joriy qilgan edi, bu esa Ukrainadan YEI mamlakatlariga gʻallaning nazoratsiz yetkazib berilishiga, mahalliy ishlab chiqaruvchilarning raqobatbardoshligining pasayishiga, ularning qishloq xoʻjaligi tarmoqlaridagi inqirozga, mahalliy fermerlar yoʻqotishlariga va ularning bankrot boʻlish arafasiga olib keldi.
Natijada, Bolgariyada fermerlar bir qator yirik shaharlarda muddatsiz milliy norozilik namoyishiga chiqdilar va Polshada oʻz ishlab chiqaruvchisini himoya qilish uchun Ukrainadan olib kelingan har bir tonna gʻalladan 1000 AQSH dollari miqdorida depozit olishni nazarda tutuvchi yangi qonun loyihasi tayyorlandi.
Vengriya, Ruminiya, Slovakiya va Chexiyadagi fermerlarning noroziligi haqida ham xabarlar kelmoqda.

Yana oʻgʻitlar haqida

Shuningdek, “gʻalla bitimi”ni uzaytirishning muhim jihati uning avvalroq muhokama qilingan 120 kun (Kiyev xohishida hatto 365) oʻrniga Rossiya tashabbusi bilan 60 kunga uzaytirilishidir.
Bu, ehtimol, agar Rossiya oʻgʻitlarini yetkazib berish boʻyicha cheklovlarni olib tashlash sohasida hech qanday progress boʻlmasa, Ukrainaning bugungi kunda u yoki bu darajada foydasi qisqarishi mumkinligi haqida BMT ga, ogohlantirishdir.
Shu bilan birga, Rossiya jahon bozoriga oʻgʻitlarning asosiy yetkazib beruvchisi ekanligini eslaymiz (turli manbalarga koʻra, Rossiya Federatsiyasining ulushi 14 dan 23% gacha).
BMT tomonidan Rossiyaning oʻgʻitlar eksportiga toʻsiq qoʻyish borasida oʻzgarish yoʻqligi (Gʻarbning Rossiyaga qarshi sanktsiyalari tufayli qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetkazib berishning kechikishi bilan birga) dunyoda hosildorlikning pasayishiga, ochlik sonining koʻpayishiga – shubhasiz qaygʻuli oqibatlarga olib keladi.
BMT 2022 yilni “misli koʻrilmagan ochlik” yili deb atadi. Gʻarb siyosatida oʻzgarishlar boʻlmasa, 2023 yil dunyoning katta qismi uchun ancha yomon boʻlishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0