Kolumnistlar

AQSH dunyoni qayta taqsimlashni boshladi. Birinchi qurbon kim boʻladi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka oʻtishPrezident SSHA Djo Bayden vo vremya vыstupleniya v Belom dome po situatsii na Ukraine
Prezident SSHA Djo Bayden vo vremya vыstupleniya v Belom dome po situatsii na Ukraine - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.03.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
AQSH, Avstraliya va Buyuk Britaniya ishtirokida tashkil etilgan AUKUS - Osiyo-Tinch okeani hududida Xitoyning rivojlanishini toʻxtatib turishga qaratilgan. Pekinni qanday kelajak kutmoqda? Batafsil RIA Novosti maqolasida.
TOSHKENT, 17 mar — Sputnik. Amerika va uning ittifoqchilari Xitoyning tobora kuchayib borayotgan taʼsir kuchini katta urush tahdidi bilan ushlab turishga harakat qilmoqda. Xususan, Avstraliya yaqinda Yadro qurolini tarqatmaslik shartnomasiga zid ravishda atom suv atom kemalariga ega boʻladi.

Yadroviy bitim

AQSH, Avstraliya va Buyuk Britaniya rahbarlarining San-Diyegodagi (Kaliforniya) Point-Loma harbiy-dengiz bazasida boʻlib oʻtgan muzokaralarining asosiy mavzusi AUKUS uch tomonlama ittifoqini yanada rivojlantirish boʻldi. Bu ittifoq bir yarim yil avval “Hind-Tinch okeani mintaqasida barqarorlikni saqlash” maqsadida tashkil etilgan.
Gap, birinchi navbatda, yadroviy suv osti kemalarini qurish texnologiyasini, Hobart esminetslari uchun Tomahawk raketalarini, F-18 va F-35 qiruvchi samolyotlari uchun JASSM va LRASM oʻq-dorilarini, shuningdek, 400 kilometrdan ortiq masofali yerusti raketa tizimlari bilan qurollanadigan Avstraliya haqida edi. Oʻz navbatida, Kanberra gipertovushli va yuqori aniqlikdagi qurollarni birgalikda ishlab chiqish uchun pul ajratishga vaʼda berdi.
Avstraliya harbiylari ittifoqchilar bazalarida tayyorgarlikdan oʻtadi. Amerika va Britaniya suv osti kemalari Avstraliya portlariga tez-tez kira boshlaydi. 2027 yildan boshlab Vashington va London mahalliy mutaxassislarni tayyorlashni tezlashtirish uchun Avstraliya portlarida suv osti kemalarini muntazam ravishda rotatsiya qilishni boshlaydi.
2030 yillar boshida amerikaliklar Kanberraga kamida uchta Virginia yadroviy kemani topshiradi. Avstraliyaliklar 2040 yillarning boshida oʻzlari ishlab chiqargan suv osti kemalariga ega boʻlishadi. Kelgusi 32 yil ichida ular yadro flotini qurish uchun 245 milliard dollar sarflaydi. Hozircha faqat Rossiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Xitoy, AQSH va Frantsiyada atom suv osti kemalari mavjud.

Suv ajdahosi

Rasman AUKUS hech qaysi davlatga qarshi qaratilgan emas, biroq, Britaniya Bosh vaziri Rishi Sunak soʻnggi 18 oy ichida uning mamlakati uchun xatarlar koʻpaygani va ular orasida Rossiyaning Ukrainadagi maxsus operatsiyasi, Xitoyning kuchayib borayotgani, Eron va Shimoliy Koreyaning “beqarorlashtiruvchi” xatti-harakatlarini sanab oʻtdi. Harbiy blok Hind-Tinch okeani mintaqasi uchungina ekanligini hisobga olsak, undan birinchi boʻlib Pekin xavotirga tushishi kerak.
Xususan, ushbu fikrni The Sydney Morning Herald gazetasi ham qoʻllab-quvvatlaydi, u sammit yakunida Vashington va London Avstraliyaning Xitoy tahdidiga qarshi mudofaasini kuchaytiradi, degan fikrni bildirgan. Shu bilan birga, AQSH prezidenti Jo Bayden Xitoyning AUKUS ga nisbatan salbiy munosabatidan xavotirda emasligini aytdi. U uchinchi muddatga saylangani munosabati bilan Si Tszinpinga qoʻngʻiroq qilishga vaʼda berdi, biroq hozircha Pekin qarama-qarshiliklar kuchayib borayotgani sababli muloqotga tayyor ekanligi tufayli darak yoʻq. Shunday qilib, Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays soʻzlariga koʻra, mudofaa vaziri Lloyd Ostin xitoylik hamkasbi bilan bir necha bor bogʻlanishga uringan, biroq u javob bermagan. Eʼtiborlisi, Xitoy mudofaa vazirligining yangi rahbari Li Shanfu Rossiyadan Su-35 samolyotlari va S-400 zenit-raketa komplekslarini xarid qilgani uchun 2018 yildan beri AQSH sanktsiyalari ostida.
Ayni paytda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbin AQSH, Buyuk Britaniya va Avstraliya xalqaro hamjamiyat xavotirlariga eʼtibor bermayotganini va “xatolar va xavf-xatarlar” yoʻlida davom etayotganini aytdi. Xususan, Pekinning fikricha, Avstraliyaga yadroviy suv osti kemalarining berilishi yadroviy qurollarning tarqalishiga olib kelishi mumkin, bu esa qurollanish poygasini keltirib chiqaradi, shuningdek, mintaqada tinchlik va barqarorlikka putur yetkazadi.
Avstraliyaning Leyboristlar partiyasidan sobiq bosh vazir Pol Kiting ham xuddi shunday fikrda ekanligi ramziy maʼnoga ega. Uning soʻzlariga koʻra, yadro flotini tashkil qilish Kanberraning eng bemaʼni qaroridir: uning oʻrniga 50 tagacha oddiy suv osti kemalarini sotib olish mumkin. Umuman olganda, sobiq hukumat rahbari AUKUS ga qarshi.

Uning ishonchi komilki, Xitoyning asosiy aybi - quvvati Amerika iqtisodiga teng iqtisodni yaratishdadir. AQSH esa Pekinning imkoniyatlarini cheklashga intilmoqda va buning uchun Avstraliyadan shunchaki vosita sifatida foydalanadi.

Shu bilan birga, AUKUS aʼzolari Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik va Avstraliya oʻrtasidagi keng qamrovli kafolatlar toʻgʻrisidagi bitimning 14-bandiga ishora qilib, Yadroviy qurollarni tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomani buzganliklarini rad etmoqda. Unga koʻra dengiz AESlari ushbu bitim cheklovi ostiga tushmasligi mumkin. Biroq, ushbu vaziyat boshqa davlatlar uchun ham yuqori darajada boyitilgan uran yoki plutoniyni xalqaro nazoratdan yashirish uchun foydalanish imkoniyatini yaratdi.
Xatarlarni kamaytirish uchun Atom energiyasi boʻyicha xalqaro agentlik Avstraliyaning suvosti kema dengizchilarini AQSH va Buyuk Britaniyada tayyorlashga roziligini oldi. Bundan tashqari, u ishlatilgan yadro yoqilgʻisini boyitmaydi.
“Xitoy bundan bir yarim yil avval yadroviy suv osti kemalarini Avstraliyaga topshirish Yadroviy qurollarni tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomani buzishini eʼlon qilgan edi va bu hech kimga sir emas. Biroq, AQSH xalqaro hamjamiyatning fikri bilan qiziqmaydi, asosiysi maqsadiga erishsa boʻldi. AUKUS - Xitoy rivojlanishini toʻxtatib turish uchun kerak. Vashington Pekinga harbiy bosimini oshirmoqda”, - deydi Xitoy iqtisodiy va ijtimoiy tadqiqotlar markazi rahbari oʻrinbosari Pavel Kamennov.
Uning fikricha, xitoyliklar dengiz floti, jumladan, yadroviy komponentlar rivojlanishi bilan Amerika faoliyatiga javob qaytarmoqda. “Aslida Pekin allaqachon qurollanish poygasiga kirgan”, - deya qayd etadi ekspert.

RXDU universiteti professori Andrey Vinogradovning ishonchi komilki, AQSH Xitoyga qarshi urushmoqchi emas, balki koʻp qutbli dunyoga oʻtishda zarur boʻladigan institutlarni yaratmoqda.

“Ularni toʻliq qarama-qarshilik vositalari deb atash mumkin emas, ammo ular Hind-Tinch okeani mintaqasida Xitoy taʼsiriga qarshi turadilar”, - deb tushuntiradi xitoyshunos.

Shu bilan birga, Vinogradovning fikricha, Xitoy javob berishi uchun koʻp variantlarga ega emas. Qurollanish poygasi iqtisodiyotni modernizatsiya qilish muammosini hal qilishi kerak boʻlgan xitoyliklardan koʻra amerikaliklar uchun foydaliroq. “Pekin Sovet Ittifoqi tajribasini takrorlamoqchi emas, biroq AQSH uni noqulay ahvolga solib qoʻygan. Xitoy AUKUS ga, agar oʻz ittifoqi boʻlmasa, kuchli oʻyinchilar bilan hech boʻlmaganda harbiy-siyosiy hamkorlikka qarshi chiqishi mumkin. Moskva bilan muzokara qilish mumkin, ammo bugungi vaziyatda bu yanada koʻproq zarar yetkazishi mumkin”, - deydi ekspert.
Qanday boʻlmasin, AQShva uning ittifoqchilari Xitoyni harbiy bloklar bilan oʻrab olishda davom etadi. Xitoy esa 1980 yillarning boshidan beri amal qilib kelgan tashqi siyosatini davom ettirishga majbur boʻladi: rivojlanayotgan mamlakatlar manfaatlarini ifodalash va nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilish tarafdori boʻlish. Hozircha Pekinda boshqa yoʻl yoʻq, deya xulosa qildi Vinogradov.
Yangiliklar lentasi
0