TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Ukrainada mojaro boshlangandan buyon 100 mingdan ziyod, jumladan, eng tajribali askar va zobitlar halok boʻldi. Bu haqda “Politico” gazetasi amerikalik amaldorlar hisob-kitoblariga tayangan holda yozmoqda.Nashr maʼlumotlariga koʻra, Kiyev Artyomovskda koʻp askar yoʻqotgan. Shu bois AQSH hozir zudlik bilan Ukrainaga texnika joʻnatmoqda va tezlashtirilgan surʼatlarda ukrainalik harbiylarni tayyorlamoqda.Oʻtgan yil noyabrida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen “bugungi hisob-kitoblarga koʻra <...> 100 ming harbiy halok boʻlganini” maʼlum qilgandi. Keyinroq halok boʻlgan va yaralanganlar soni haqidagi gaplar uning yozma ravishdagi nutqidan toʻliq oʻchirib tashlangandi.
“Politico” Kiyev Artyomovskda koʻp askar yoʻqotganini taʼkidlamoqda.
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Ukrainada mojaro boshlangandan buyon 100 mingdan ziyod, jumladan, eng tajribali askar va zobitlar halok boʻldi. Bu haqda “Politico” gazetasi amerikalik amaldorlar hisob-kitoblariga tayangan holda yozmoqda.
Nashr maʼlumotlariga koʻra, Kiyev Artyomovskda koʻp askar yoʻqotgan. Shu bois AQSH hozir zudlik bilan Ukrainaga texnika joʻnatmoqda va tezlashtirilgan surʼatlarda ukrainalik harbiylarni tayyorlamoqda.
Oʻtgan yil noyabrida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen “bugungi hisob-kitoblarga koʻra <...> 100 ming harbiy halok boʻlganini” maʼlum qilgandi. Keyinroq halok boʻlgan va yaralanganlar soni haqidagi gaplar uning yozma ravishdagi nutqidan toʻliq oʻchirib tashlangandi.
Rossiya maxsus operatsiyasi
Rossiya 2022 yil 24 fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini eʼlon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.
Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yoʻq qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik gʻoyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.