https://oz.sputniknews.uz/20230316/surxondaryo-32955385.html
Surxondaryo viloyati hokimiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi
Surxondaryo viloyati hokimiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Hokimga moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosar tayinlandi. 16.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-16T13:56+0500
2023-03-16T13:56+0500
2023-03-16T14:05+0500
siyosat
surxondaryo
yangi tayinlov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0f/14541863_0:290:2868:1903_1920x0_80_0_0_28cc7a2d2fe2e459233cd75e8cb9a8d6.jpg
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Surxondaryo viloyati hokimiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi.Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Anvar Oripov hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.Oripov 1985-yil Termiz shahrida tug‘ilgan. 2007-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, shuningdek, 2007-2010 yillarda Buyuk Britaniyaning London shahri Pimliko Akademiyasi ingliz tili kurslari tinglovchisi. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.U mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bosh mutaxassisi, Surxondaryo viloyati Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig‘i, “O‘zagroeksport” AJ boshqarma boshlig‘i, Vazirlar Mahkamasida sho‘’ba yetakchi mutaxassisi lavozimlarida mehnat qilgan.Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2018-yildan buyon Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.Farhodjon Ismoilov Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.U 1970-yil Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Farg‘ona politexnika institutini, 2002-yilda Toshkent davlat yuridik instituti tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – muhandis, huquqshunos.Ismoilov mehnat faoliyati davomida Farg‘ona shahar sudi sud ijrochisi va prokuratura organlarida turli lavozimlarda mehnat qilgan.Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2023-yildan buyon Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
surxondaryo
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e4/07/0f/14541863_103:0:2834:2048_1920x0_80_0_0_51471cdf071fc8965786ae595f1c2476.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, surxondaryo, yangi tayinlov
siyosat, surxondaryo, yangi tayinlov
Surxondaryo viloyati hokimiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi
13:56 16.03.2023 (yangilandi: 14:05 16.03.2023) Hokimga moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosar, qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosar tayinlandi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Surxondaryo viloyati hokimiga ikki yangi o‘rinbosar tayinlandi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra,
Anvar Oripov hokimning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga
tayinlandi.Oripov 1985-yil Termiz shahrida tug‘ilgan. 2007-yilda O‘zbekiston milliy universitetini tamomlagan, shuningdek, 2007-2010 yillarda Buyuk Britaniyaning London shahri Pimliko Akademiyasi ingliz tili kurslari tinglovchisi. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – iqtisodchi.
U mehnat faoliyati davomida Toshkent viloyati tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi yetakchi mutaxassisi, bosh mutaxassisi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bosh mutaxassisi, Surxondaryo viloyati Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo boshqarmasi boshlig‘i, “O‘zagroeksport” AJ boshqarma boshlig‘i, Vazirlar Mahkamasida sho‘’ba yetakchi mutaxassisi lavozimlarida mehnat qilgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2018-yildan buyon Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari – viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.
Farhodjon Ismoilov Surxondaryo viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga
tayinlandi. U 1970-yil Farg‘ona viloyati Quva tumanida tug‘ilgan. 1997-yilda Farg‘ona politexnika institutini, 2002-yilda Toshkent davlat yuridik instituti tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – muhandis, huquqshunos.
Ismoilov mehnat faoliyati davomida Farg‘ona shahar sudi sud ijrochisi va prokuratura organlarida turli lavozimlarda mehnat qilgan.
Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar 2023-yildan buyon Farg‘ona viloyati prokurorining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.