Stadionga yugurib chiqqan bolakay Fayzullayevning futbolkasini nima qilishini aytdi - video

Obuna bo‘lish
Maydonga yugurib chiqqan bolakayning Fayzullayevning futbolkasini yuvmasdan ramkaga solib qo‘yishi ni aytdi.
TOShKENT, 16 mar - Sputnik. O‘zbekiston - Janubiy Koreya o‘yinida stadionga yugurib chiqqan bolakay Suptnik muxbiri bilan bo‘lgan suhbatda Fayzullayevning futbolkasini nima qilishini aytdi.
Hodisa "Bunyodkor" stadionida 15-mart kuni bo‘lib o‘tgan AFC yarim final o‘yindan so‘ng sodir bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda bola maydonga yugurib chiqqani, stuardlar uning ortidan quvib, lekin Akbarni ushlay olmaganini ko‘rish mumkin. Bolaning kutilmaganda maydonda paydo bo‘lishi tomoshabinlar e’tiborini darhol o‘ziga tortdi. Bolakay stuardni epchillik bilan chetlab o‘tib, o‘zining 14-raqamli kumiri Abbosbek Fayzullayevni quchoqlab oldi.
Eslatib o‘tamiz, AFC U20 turnirining kecha bo‘lib o‘tgan yarim final bahsi asosiy vaqtda hisob 0:0, penaltilar bo‘yicha esa 3:1 hisobida O‘zbekiston jamoasi g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Yangiliklar lentasi
0