Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga tashrifi yakunlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev viletel iz Tursii
Shavkat Mirziyoyev viletel iz Tursii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2023
Obuna bo‘lish
Sammit yakunida O‘zbekiston prezidentni Tayyip Erdo‘g‘an va yana bir qator Turkiya rasmiylari iliq kuzatib qo‘yishdi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Turkiyaga amaliy tashrifi yakunlandi.
Ma’lumot uchun, bugun Anqarada bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdan tashqari sammitida O‘zbekiston prezidenti TDT doirasida Tabiiy ofatlar monitoringi va tahlili markazini tuzish hamda uni Toshkentda joylashtirish tashabbusini ilgari surdi.
Shuningdek, Mirziyoyev 6-fevralda zilzila tufayli talofat ko‘rgan hududlardan yoshi ulug‘ insonlar va nuroniylarni O‘zbekistonga sog‘liqlarini tiklash va dam olish hamda Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturudiy, Bahouddin Naqshband kabi islom dunyosining buyuk namoyondalari qadamjolarini ziyorat qilishga taklif qildi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev viletel iz Tursii
Shavkat Mirziyoyev viletel iz Tursii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2023
Shavkat Mirziyoyev viletel iz Tursii
Tashrif doirasida Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev viletel iz Tursii
Shavkat Mirziyoyev viletel iz Tursii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2023
Shavkat Mirziyoyev viletel iz Tursii
Yangiliklar lentasi
0