Sankt-Peterburgda migratsiya masalalariga bagʻishlangan forum oʻtkazilmoqda
10:09 16.03.2023 (yangilandi: 15:52 16.03.2023)
© Sputnik / Alexei DanichevPeople surfing through the Griboyedov Canal during the first SUP festival in St. Petersburg

© Sputnik / Alexei Danichev
Tadbirlarning asosiy qismi “Ekspoforum”da boʻlib oʻtadi. Forum 15-17 mart kunlari oʻtkaziladi.
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Sankt-Peterburgda kecha, 15 mart kuni, VII Xalqaro mehnat forumi oʻz ishini boshladi. Unda 5000 dan ortiq delegat va mehmonlar ishtirok etmoqda. Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar berdi.
Migratsiya jarayonlarini tartibga solish masalalariga bagʻishlangan konferentsiyada Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Oʻzbekiston va Rossiya parlamentlari aʼzolari, vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etadi.
Bu davlatlar vakillari mehnat, bandlik va mehnat migratsiyasi sohalaridagi masala va muammolarni muhokama qiladi.
Tadbirlarning asosiy qismi “Ekspoforum”da boʻlib oʻtadi. Forum 15-17 mart kunlari oʻtkaziladi.