https://oz.sputniknews.uz/20230316/mirziyoev-turkiyada-vengriya-bosh-vaziri-bilan-uchrashdi-32961608.html
Mirziyoyev Turkiyada Vengriya bosh vaziri bilan uchrashdi
Mirziyoyev Turkiyada Vengriya bosh vaziri bilan uchrashdi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni muhokama qilishdi. 16.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-16T14:54+0500
2023-03-16T14:54+0500
2023-03-16T14:54+0500
siyosat
o‘zbekiston
vengriya
turkiya
shavkat mirziyoyev
viktor orban
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/10/32958817_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_a60908a824bd87b4fdf1e8441bee9567.jpg
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) navbatdan tashqari sammitining asosiy tadbirlari doirasida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar qildi.Ta’kidlanishicha, uchrashuvda ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.“Mamlakatlarimizning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tezlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi”, - deyilgan xabarda.Yetakchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston va Vengriya korxonalarining samarali kooperatsiyasi uchun ishlab chiqarish maydonini tashkil etishga alohida e’tibor qaratishdi.Qolaversa, Mirziyoyev Orban bilan xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazgani xabar qilingan edi. O‘zbekiston rahbari TDT sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Anqarada bo‘lib turibdi.
o‘zbekiston
vengriya
turkiya
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/03/10/32958817_84:0:1221:853_1920x0_80_0_0_292c5771e572b7cc1449a68ec6cd3f43.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, o‘zbekiston, vengriya, turkiya, shavkat mirziyoyev, viktor orban
siyosat, o‘zbekiston, vengriya, turkiya, shavkat mirziyoyev, viktor orban
Mirziyoyev Turkiyada Vengriya bosh vaziri bilan uchrashdi
O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) navbatdan tashqari sammitining asosiy tadbirlari doirasida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati
xabar qildi. Ta’kidlanishicha, uchrashuvda ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
“Mamlakatlarimizning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tezlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi”, - deyilgan xabarda.
Yetakchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston va Vengriya korxonalarining samarali kooperatsiyasi uchun ishlab chiqarish maydonini tashkil etishga alohida e’tibor qaratishdi.
Qolaversa, Mirziyoyev Orban bilan xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazgani
xabar qilingan edi. O‘zbekiston rahbari TDT sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Anqarada
bo‘lib turibdi.