Maxsus operatsiya: 16 martning asosiy xabarlari
© AP Photo / Roman ChopVid goroda Artemovska 15 marta 2023 goda.

© AP Photo / Roman Chop
Rossiya Qurolli kuchlari maxsus operatsiya maqsadlariga muvofiq Ukraina armiyasi, millatchi batalonlari, xorijiy yollanma askarlar guruhlari hamda harbiy texnikasini yoʻq qilishda davom etmoqda.
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Rossiya Federatsiyasi olib borayotgan maxsus harbiy operatsiyaning soʻnggi sutka davomida sodir boʻlgan asosiy voqealari.
Mudofaa vazirligining hisoboti:
Kupyansk yoʻnalishida "Gʻarbiy" qoʻshinlar guruhi Xarkov viloyatining Gryanikovka, Kotlyarovka, Berestovoye, LXRning Novoselovskoye va Rozovka aholi punktlari hududlarida dushmanning 50 tagacha harbiy xizmatchisi, ikkita avtomashinasi va AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimini yoʻq qildi.
Krasnыy-Liman yoʻnalishida "Markaz" qoʻshinlari guruhi LXRning Nevskoye, Chervonaya Dibrova, DXRning Yampolovka va Grigorovka aholi punktlari hududlarida dushmanga zarba berishi natijasida UQKning 100 dan ortiq harbiy xizmatchilari, ikkita BMPsi, ikkita zirhli jangovar mashinasi, "Akatsiya" oʻziyurar artilleriya majmuasi va D-30 gaubitsasini yoʻq qildi.
Donetsk yoʻnalishida "Janubiy" qoʻshinlar guruhi faol harakatlari natijasida dushmanning 275 nafargacha harbiy xizmatchilari, ikkita tanki, ikkita zirhli jangovar mashinasi, ikkita pikapi, "Uragan" reaktiv tizimi va D-20, "Gvozdika" gaubitsalari, shuningdek AQShda ishlab chiqarilgan M109 "Paladin" oʻziyurar toʻpi yoʻq qilindi.
Janubiy Donetsk va Zaporojye yoʻnalishlarida "Sharq" kuchlar guruhi DXRning Ugledar, Pavlovka, Zaporojye viloyatining Novodanilovka va Щerbaki aholi punktlari hududlarida UQKning 60 nafargacha harbiy xizmatchilarini, toʻrtta tankini, zirhli avtomobili, D-20 gaubitsasini va AQShda ishlab chiqarilgan M777 artilleriya tizimini yoʻq qildi.
Xerson yoʻnalishida kun davomida dushmanning 35 dan ortiq harbiy xizmatchisi, bitta tanki, ikkita "Grad" reaktiv tizimi jangovar mashinasi, shuningdek, D-30 gaubitsasi yoʻq qilindi.
Rossiya aviatsiyasi, raketa kuchlari va artilleriyasi kun davomida UQKning 186 ta hududda joylashgan 93ta artilleriya boʻlinmalariga zarba berdi.
DXRning Kamishevka qishlogʻi yaqinida UQK 59-motooʻqchilar brigadasining qoʻmondonlik punkti yoʻq qilindi.
DXRning Yasenovoye qishlogʻi yaqinida Ukrainaning S-300 zenit-raketa majmuasi yoʻq qilindi.
Konstantinovka aholi punkti hududida Ukrainaning "Osa-AKM" zenit-raketa majmuasi yoʻq qilindi.
Donetsk Xalq Respublikasining Minkovka qishlogʻi yaqinida AQShda ishlab chiqarilgan AN/TPQ-50 artilleriyaga qarshi radari yoʻq qilindi.
Rossiya Aerokosmik kuchlarining qiruvchi samolyoti Lugansk Xalq Respublikasining Novovodyanoye qishlogʻi yaqinida Ukraina harbiy-havo kuchlarining MiG-29 samolyotini urib tushirdi.
Havo hujumidan mudofaa tizimlari 8ta HIMARS (AQSH) va "Uragan" koʻp raketali tizimlarining va bitta HARM antiradar tizimining raketasini tutib oldi.
Xarkov viloyatining Ivanovka, Donetsk Xalq Respublikasining Zeleniy Gay, Verxnetoretskoye, Grigorovka, Lugansk Xalq Respublikasining Kreminnaya, Malaya Kardashinka, Alyoshki aholi punktlari hududlarida Ukrinaning 9ta uchuvchisiz apparati yoʻq qilindi.
Maxsus harbiy operatsiya boshlangandan buyon Ukraina jami 402 ta samolyot, 221 ta vertolyot, 3434 ta uchuvchisiz uchish apparati, 414 ta zenit-raketa majmuasi, 8316 ta tank va boshqa zirhli jangovar texnikalar, 1062 ta koʻp raketa tizimlarining jangovar texnikasi, 4372 ta dala artilleriya qurollari va minomyotlari, shuningdek, 8959 dona maxsus harbiy mashinalaridan mahrum boʻldi.