Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Har kuni tuxum iste’mol qilsa nima bo‘ladi?

© Pexels / Trang DoanButerbrod s yaysom i avokado
Buterbrod s yaysom i avokado - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2023
Obuna bo‘lish
Tuxumning foydasi va zarari qanday? Bir kunda nechta tuxum iste’mol qilish mumkin? Tuxumni qanday pishirgan afzal? Batafsil Sputnik maqolasida.
Tovuq tuxumisiz odamning kunlik ovqatlanishini tasavvur qilish qiyin. Bu arzon, hamonbop, mazali va tayyorlash oson. Ko‘pincha tuxum nonushta uchun iste’mol qilinadi, lekin ular turli xil idishlar va soslarga ham qo‘shiladi.
Diyetolog professional sportchilar va oddiy odamlar tomonidan kuniga qancha tuxum iste’mol qilish mumkinligini aytdi. Shuningdek, u qanday xavflar borligini tushuntirdi.

Tuxumning asosiy foydasi nimada?

Tovuq tuxumi sayyoradagi eng to‘yimli ovqatlardan biridir. Texas universiteti tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotga ko‘ra, tuxum iste’mol qilganda insonda to‘yish tuyg‘usi paydo bo‘ladi, shuning uchun odam kamroq kaloriya iste’mol qiladi.
Ushbu mahsulot organizm uchun zarur bo‘lgan vitaminlar, mikroelementlar va ozuqa moddalarining eng muvozanatli kombinatsiyasiga ega. Bundan tashqari, u oson hazm bo‘ladigan yuqori oqsilli va amalda karbongidratsiz mahsulotdir. U sizni tezda to‘ydiradi va uzoq vaqt davomida to‘q ushlab turadi. Tuxum ko‘pincha vazn yo‘qotish diyetasiga ham kiritiladi.
© Pexels / Foodie FactorButerbrod s avokado
Buterbrod s avokado - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2023
Buterbrod s avokado
Tovuq tuxumi tarkibiga quyidagilar kiradi:
A vitamini
Foliy kislotasi
B5, B12, B2 vitaminlari
Fosfor
Selen
Sink
Tuxum oqi tarkibidagi oqsil kaloriyasi past va yog‘siz bo‘lgani tufayli qon bosimini pasaytirishga yordam beradi va B vitaminlariga boydir.
Tuxum sarig‘i tarkibida xolin (uning yo‘qligi jigarda yog‘ to‘planishiga olib keladi), juda ko‘p sog‘lom yog‘lar va lesitin - hujayra membranasi uchun asosiy qurilish materialidan tashkil topgan.
Tuxum sarig‘ining tarkibiga quyidagilar kiradi:
Omega-3
Foliy kislotasi
Lesitin
A, K, E, V12 vitaminlari
Selen
Kalsiy
Fosfor
Biotin
Xolin
100 g mahsulot tarkibida: 157 kkal, oqsillar - 13,8%, yog‘lar - 17,13%, uglevodlar - 0,5%ni tashkil qiladi.

Tuxum ko‘p iste’mol qilganda organizmda nimalar sodir bo‘ladi?

mushak massasining ortishi;
suyaklarning mustahkamlanishi;
to‘qimalarning yaxlitligini saqlash;
miya faoliyatini ta’minlash;
qon bosimini pasaytirish;
kataraktaning oldini olish va ko‘rishni yaxshilash;
jigar samaradorligini saqlash;
ortiqcha vaznga qarshi kurash;
qon tomirlari devorlariga xolesterin birikmalarining cho‘kishini kamaytirish.

Bir kunda qancha tuxum iste’mol qilish mumkin?

© Depositphotos / Bit245Produkti, soderjashie vitamin D
Produkti, soderjashie vitamin D - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2023
Produkti, soderjashie vitamin D
Agar siz sport bilan shug‘ullanmasangiz, kuniga 2-3ta tuxum iste’mol qilishingiz mumkin. Bunda insonda xolesterin miqdori qancha ekanini tushunish kerak. Agar u yuqori bo‘lsa, unda iste’mol qilinayotgan tuhum sariqlari sonini cheklash kerak. Umuman olganda, kuniga uchtadan ortiq tuxum iste’mol qilish tavsiya etilmaydi. Lekin eng yaxshisi - o‘zingizni bitta tuxum bilan cheklang.
Tuxum juda yuqori kaloriya mahsuloti ekanligini unutmang. Agar tuxum sarig‘i bilan ko‘p miqdorda iste’mol qilinsa, unda sizda vazn oshishi mumkin.
Agar inson sport bilan faol shug‘ullansa, unda bu holda kuniga tuxum sonini oshirish mumkin, chunki u juda hazm bo‘ladigan oqsildir. Sport bilan shug‘ullanish va odam buni qanday qilishiga qarab: professional yoki yo‘q, kuniga 5-6 yoki undan ortiq tuxum iste’mol qilishga ruxsat beriladi. Bundan tashqari, oqsillarni iste’mol qilish va sarig‘ini cheklash yaxshiroqdir.
Tuxum allergik reaksiyaga olib kelishi mumkin. Bu erda hamma narsa juda individualdir. Agar bu paydo bo‘lsa, siz boshqa tuxumlarga, masalan, bedanaga o‘tishga harakat qilishingiz mumkin.

Tuxumni iste’mol qilishning eng yaxshi usuli qanday?

Munozaralarning tez-tez uchraydigan turlaridan biri: tuxumni qaynatilgan, qovurilgan yoki xom iste’mol qilish yaxshiroqmi degan bahsdir.
Ko‘pgina mutaxassislar xom tuxum qaynatilgandan ko‘ra foydaliroq ekanligini ta’kidlashadi. Biroq, bunday iste’mol oqibatida salmonellozni kasalligi yuqtirish mumkin. Bu yuqumli kasallik bo‘lib, oshqozon-ichak trakti organlarining shikastlanishiga olib keladi. Ushbu infeksiya, ayniqsa, keksalar va bolalar uchun xavflidir.
CC0 / pixabay / Varenoe yayso
Varenoe yayso - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2023
Varenoe yayso
Tovuq infeksiya manbai bo‘lishi mumkin. Odatda infeksiya tuxum qobig‘ida bo‘ladi va qobiq shikastlangan bo‘lsa, virus tuxumning o‘ziga ham kirishi mumkin.
Shu bilan birga, do‘konda sotib olingan tuxum uy sharoitida yetishtirilgan tuxumlaridan farqli o‘laroq ravishda - xavfsizroqdir. Inkubator-fermalarida sotishdan oldin qattiq veterinariya nazorati o‘tkaziladi. Shuning uchun ishlatishdan oldin mahsulotni va keyin qo‘lingizni yaxshilab yuvish kerak.
Ovqatlanish uchun eng foydali ko‘rinish - albatta, qaynatilgan tuxumdir. Yoki tez pishiradi yoki uzoq. Shuni esda tutish kerakki, tez pishirish ko‘proq ozuqa moddalarini saqlaydi, ammo ularning biologik mavjudligi biroz kamroq. Biz mahsulotni qancha uzoq vaqt pishirsak, biologik foydasi shunchalik yuqori bo‘ladi, ammo bu holda tuxumda kamroq ozuqa moddalari saqlanadi. Tuxumni qovurish - oqsil moddalarni kamaytiradi.
© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishYayso
Yayso - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2023
Yayso
Agar inson faol bo‘lsa va sog‘lom turmush tarzini olib boradigan bo‘lsa, unda tuxumni har kuni hech qanday oqibatlarsiz iste’mol qilish mumkin.
Yangiliklar lentasi
0