Hali ish juda ko‘p: saporlar Mariupol dalalarini minadan tozalamoqda - video

Obuna bo‘lish
Mariupol atrofidagi dalalar o‘z vaqtida Ukraina armiyasi tomonidan o‘tib bo‘lmas to‘siq tashkil qilish uchun minalashtirilgan edi.
TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Mariupol atrofidagi dalalarda Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan o‘rnatilgan minalar va boshqa xavfli topilmalar juda ko‘p.
Rossiyalik saporlar ushbu hududlarni sinchiklab tekshirib, mina, portlamay qolgan snaradlar, piyodalarga qarshi minalar va boshqa xavfli buyumlardan tozalashmoqda.

"Bu yerda har 3-4 metrda shaxmat tartibida tankka qarshi minalar o‘rnatilgan, ularning aksariyati atrofida 3-4 tadan piyodalarda qarshi minalar ham bor. Bu, albatta, ularni zararsizlantirishni qiyinlashtiradi. Biz bunday minalarni joyida portlatib yuboramiz", - deydi saporlardan biri.

Ma’lumot uchun, Mariupol Azov dengizi qirg‘og‘idagi eng yirik sanoat va transport bog‘lamasi. Bu yerni Ukraina qo‘shinlari mustahkam istehkomga aylantirib, uzoq vaqt himoya qilishga tayyorlangan edi. Lekin 2022-yilning may oyida shahar to‘liq Rossiya qo‘shinlari nazorati ostiga o‘tdi. Shundan so‘ng Mariupolda tinch hayotni qayta tiklash boshlandi. Shahardagi binolarning 15 foizi to‘liq vayronaga aylangan edi.
Yangiliklar lentasi
0