Futbolchi Abbosbek Fayzullayev yosh muxlisga o‘z futbolkasini sovg‘a qildi – video

© Championat.asiaFutbolchi Abbosbek Fayzullayev yosh muxlisga o‘z futbolkasini sovg‘a qildi
Futbolchi Abbosbek Fayzullayev yosh muxlisga o‘z futbolkasini sovg‘a qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2023
Obuna bo‘lish
Futbolchi yosh muxlisga o‘z futbolkasini sovg‘a qildi, yosh muxlis esa ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Kecha O‘zbekiston - Janubiy Koreya jamoalari orasida bo‘lib o‘tgan o‘yin yakunida maydonda qiziq holat yuz berdi.
Yosh muxlis bir qancha qo‘riqchilarni ortda qoldirib, maydonga chiqdi va o‘z kumiri – Abbosbek Fayzullayevni topdi.
Abbosbek Fayzullayev bolakayni ko‘tarib olguncha uni qo‘yib yubormadi.
Futbolchi yosh muxlisga o‘z futbolkasini sovg‘a qildi, yosh muxlis esa ko‘z yoshlarini tiyib tura olmadi.
O‘zbekiston - Janubiy Koreya jamoalari orasida bo‘lib o‘tgan o‘yinda asosiy o‘yin 0:0 hisobida yakunlandi. Milliy jamoa penaltilar seriyasida Janubiy Koreyadan ustun keldi. Janubiy Koreya bitta golni muvaffaqiyatli amalga oshirdi, O‘zbekiston esa - 3 ta. Navbatdagi o‘yin - final va unda O‘zbekiston terma jamoasi Iroqqa qarshi o‘ynaydi.
Yangiliklar lentasi
0