https://oz.sputniknews.uz/20230316/eski-pravani-bayram-kunlarida-ham-almashtirish-mumkin--adliya-vazirligi--32947993.html
Eski “prava”ni bayram kunlarida ham almashtirish mumkin – Adliya vazirligi
Eski “prava”ni bayram kunlarida ham almashtirish mumkin – Adliya vazirligi
Sputnik O‘zbekiston
Ta’kidlanishicha, buning uchun ish grafigi mehnat qonunchiligi doirasida qayta ko‘rib chiqilgan.
2023-03-16T10:50+0500
2023-03-16T10:50+0500
2023-03-16T10:54+0500
jamiyat
haydovchilik guvohnomasi
haydovchilar
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/564/96/5649607_0:0:1011:569_1920x0_80_0_0_8421554334cb65757e50774f4d8b9c36.jpg
TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Joriy yilning 18-19-20 hamda 22-mart kunlari Davlat xizmatlari markazi va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘limlarida haydovchilik guvohnomalarini almashtirish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Adliya vaziri matbuot kotibi ma’lum qildi.Ta’kidlanishicha, buning uchun ish grafigi mehnat qonunchiligi doirasida qayta ko‘rib chiqilgan.Bunda, yuqorida qayd etilgan kunlarda DXMlar hamda IIBB YHXB bo‘limlari orqali haydovchilar ertalab soat 9:00 dan kechgi soat 18:00 gacha xizmatdan foydalanishlari mumkin.Qayd etilishicha, joriy yilda 600 mingdan ortiq eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagisiga almashtirilishi lozim.O‘zbekiston Hukumati tomonidan 2020, 2021 va 2022-yillar davomida haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish muddatlari bir necha marotaba uzaytirilgan edi. Shunga qaramasdan 3 millionga yaqin haydovchilar (2022 yil) eski namunadagi guvohnomalardan foydalanmoqda.
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/564/96/5649607_41:0:892:638_1920x0_80_0_0_d3464cac93eb26cf5da54a43296bbcc6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
haydovchilik guvohnomasi haydovchilar
haydovchilik guvohnomasi haydovchilar
Eski “prava”ni bayram kunlarida ham almashtirish mumkin – Adliya vazirligi
10:50 16.03.2023 (yangilandi: 10:54 16.03.2023) Ta’kidlanishicha, buning uchun ish grafigi mehnat qonunchiligi doirasida qayta ko‘rib chiqilgan.
TOShKENT, 16 mar - Sputnik. Joriy yilning 18-19-20 hamda 22-mart kunlari Davlat xizmatlari markazi va Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bo‘limlarida haydovchilik guvohnomalarini almashtirish mumkin bo‘ladi. Bu haqda Adliya vaziri matbuot kotibi
ma’lum qildi. “31 mart kuni eski guvohnomalarni almashtirishning birinchi bosqichi yakunlanishi, 2010-yilgacha berilgan eski “prava”lar haqiqiy emas deb hisoblanishi va belgilangan muddatda hujjatini almashtirmaganlar sonining ko‘pligini hisobga olgan holda 18-19-20 hamda 22-mart kunlari eski namunadagi haydovchilik guvohnomasini yangi namunadagisiga almashtirish imkoni yaratildi”, - deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, buning uchun ish grafigi mehnat qonunchiligi doirasida qayta ko‘rib chiqilgan.
Bunda, yuqorida qayd etilgan kunlarda DXMlar hamda IIBB YHXB bo‘limlari orqali haydovchilar ertalab soat 9:00 dan kechgi soat 18:00 gacha xizmatdan foydalanishlari mumkin.
Qayd etilishicha, joriy yilda 600 mingdan ortiq eski namunadagi haydovchilik guvohnomalari yangi namunadagisiga almashtirilishi lozim.
O‘zbekiston Hukumati tomonidan 2020, 2021 va 2022-yillar davomida haydovchilik guvohnomalarini yangisiga almashtirish muddatlari bir necha marotaba uzaytirilgan edi. Shunga qaramasdan 3 millionga yaqin haydovchilar (2022 yil) eski namunadagi guvohnomalardan foydalanmoqda.