Energiya resurslari talon-toroj qilinayotgani haqida Telegram-bot orqali xabar berish mumkin

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishMessendjer Telegram na ekrane telefona
Messendjer Telegram na ekrane telefona - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2023
Obuna bo‘lish
Energiya resurslarini talon-toroj qilinishini oldini olishda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida maxsus telegram-bot ishga tushirildi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Endi energiya resurslarini talon-toroj qilinayotganlar haqida Telegram-bot orqali xabar berish mumkin. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar qildi.

“Bosh prokuratura tomonidan energiya resurslarini talon-toroj qilinishini oldini olishda jamoatchilik nazoratini yo‘lga qo‘yish maqsadida maxsus Telegram-bot dasturi (@EnergonazoratBot) ishlab chiqildi”, - deyilgan xabarda.

Energetika sohasiga oid biror-bir qonun buzilishiga guvoh bo‘lgan fuqarolardan bu haqida mazkur bot orqali xabar yo‘llash so‘ralgan.
Avvalroq elektr, issiqlik, gaz yoki vodoprovoddan tijorat maqsadlarida noqonuniy foydalanish o‘g‘rilik deb belgilangani xabar qilingan edi. Mazkur huquqbuzarlik uchun 5-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0