Dunyoda

Dushanbeda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining yubiley sammitiga tayyorgarlik boshlandi

© Press-slujba prezidenta RTFlagi stran TSA
Flagi stran TSA - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.03.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Sammitda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
TOSHKENT, 16 mar — Sputnik. Tojikistonda Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining beshinchi maslahat uchrashuvini oʻtkazishga tayyorgarlik boshlandi. Tadbir 14-15 sentyabr kunlari Dushanbe shahrida boʻlib oʻtadi, deb xabar berdi Tojikiston Tashqi ishlar vazirligi.
“Tojikiston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining uchrashuvini oʻtkazish boʻyicha kompleks tayyorgarlik ishlarini boshladi. Shu munosabat bilan mamlakat prezidenti topshirigʻiga binoan Respublika bosh vaziri Qohir Rasulzoda boshchiligida barcha vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat Tashkiliy qoʻmita tuzildi”, - deyiladi xabarda.
Maslahat uchrashuvi Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon raisligida oʻtkaziladi. Sammitda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Turkmaniston rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda.
Beshinchi yubiley maslahat uchrashuvi yakunlari boʻyicha bir qator muhim hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan boʻlib, ularning asosiysi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Qoʻshma bayonotidir.
Yangiliklar lentasi
0