Toshkentda Navro‘z bayrami munosabati bilan qator tadbirlar o‘tkaziladi — manzil

© AP Photo / ANVAR ILYASOVUzbekskie muzikanti vistupayut vo vremya prazdnovaniya Navruza v stolitse Uzbekistana Tashkente, ponedelnik, 21-marta 2005 goda.
Uzbekskie muzikanti vistupayut vo vremya prazdnovaniya Navruza v stolitse Uzbekistana Tashkente, ponedelnik, 21-marta 2005 goda.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2023
Obuna bo‘lish
Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahrida “Bahor nafasi” bayram tadbirlari o‘tkaziladi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahrida “Bahor nafasi” bayram tadbirlari o‘tkaziladi, deya xabar berdi Turizm va madaniy meros vazirligi.
Tadbirlar 22-martgacha har kuni, 23-martdan 15-aprelga qadar esa haftaning har shanba va yakshanba kunlari soat 18:00 dan 21:00 ga qadar bo‘lib o‘tadi.
Bayram tadbirlarida taniqli xonandalar, aktor va aktrisalar, sirk ustalari va boshqa ijodkorlar ishtirok etadi.
Tadbirlar joyi:
Bektemir tumanidagi Madaniyat markazining old maydonida;
Mirobod tumanidagi “Furqat” madaniyat va istirohat bog‘ida;
Mirzo Ulug‘bek tumanidagi “Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘ida;
Sergeli tumanidagi “Yangi Sergeli” madaniyat va istirohat bog‘ida;
Olmazor tumanidagi "Beruniy" metrosi yonidagi ochiq maydonda;
Uchtepa tumanidagi “Seul Eko park” madaniyat va istirohat bog‘ida;
Chilonzor tumanidagi "Magic City";
G‘afur G‘ulom nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida;
Shayxontohur tumanidagi “Anhor Lokomotiv” madaniyat va istirohat bog‘ida;
Yunusobod tumanidagi “Amir Temur” sayilgohida (Brodvey);
Yashnobod tumanidagi “Ashxobod” sayilgohida;
Yakkasaroy tumanidagi “Moviy gumbazlar” sayilgohida;
Yangihayot tumanidagi “Green park” madaniyat va istirohat bog‘ida.
Yangiliklar lentasi
0