Dunyoda

Rossiya, Xitoy va Eron Ummon koʻrfazida qoʻshma harbiy-dengiz mashgʻulotlarini oʻtkazadi

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka oʻtishKorabli Tixookeanskogo flota otpravilis na ucheniya v Indiyskiy okean
Korabli Tixookeanskogo flota otpravilis na ucheniya v Indiyskiy okean - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya, Xitoy va Eron “Dengiz xavfsizlik kamari-2023” qoʻshma harbiy-dengiz mashgʻulotlarini oʻtkazadi.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Rossiya, Xitoy va Eron 15-19 mart kunlari Ummon koʻrfazida qoʻshma harbiy-dengiz mashgʻulotlarini oʻtkazadi. Bu haqda Xitoy Mudofaa vazirligiga tayanib, RIA Novosti yozmoqda.
“Rossiya, Xitoy, Eron va boshqa davlatlar Qurolli kuchlari kelishuvlariga muvofiq, Xitoy, Eron, Rossiya va boshqa mamlakatlar harbiy-dengiz kuchlari Ummon koʻrfazida 15 martdan 19 martgacha “Dengiz xavfsizlik kamari-2023” qoʻshma harbiy-dengiz mashgʻulotlarini oʻtkazadi”, — deyiladi xabarda.
Fevral oyi oxirida Hind okeanida Rossiya, Xitoy va Janubiy Afrikaning qoʻshma harbiy-dengiz manyovrlari boʻlib oʻtdi. Mashgʻulotlar uch kun davom etdi, qurolli kuchlar tomonidan dengiz nishoniga artilleriyadan oʻq uzildi, qoʻlga olingan kemani garovdagilar bilan ozod qilish, dengizda halokatga uchragan kemaga va suvda suzib yurgan shaxsiy tarkibga yordam koʻrsatish boʻyicha mashgʻulotlar oʻtkazildi.
Yangiliklar lentasi
0