Prezident Turkiyaga jo‘nab ketdi
17:05 15.03.2023 (yangilandi: 17:25 15.03.2023)
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev po priglasheniyu Redjepa Tayipa Erdogana otbil s rabochim vizitom v Ankaru.
Obuna bo‘lish
Qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘anning taklifiga binoan bugun, 15-mart kuni amaliy tashrif bilan Anqara shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev po priglasheniyu Redjepa Tayipa Erdogana otbil s rabochim vizitom v Ankaru.
Tashrif dasturiga muvofiq, Mirziyoyev Turkiy davlatlar tashkilotining favqulodda vaziyatlarni boshqarish va gumanitar yordam ko‘rsatish borasida ko‘p tomonlama hamkorlikni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sammitida ishtirok etadi.
Sammit doirasida qator ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazilishi ham ko‘zda tutilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev po priglasheniyu Redjepa Tayipa Erdogana otbil s rabochim vizitom v Ankaru.