O‘zbekiston va Eron transport sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi

© Transport vazirligi O‘zbekiston va Eron transportning barcha yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi
O‘zbekiston va Eron transportning barcha yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida transportning barcha yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish rejasi va Ashxobod kelishuvini amalga oshirishga kelishib oldi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. O‘zbekiston va Eron o‘rtasida transportning barcha yo‘nalishlaridagi hamkorlik rivojlantiriladi. Bu haqda Transport vazirligi ma’lum qildi.
O‘zbekiston delagatsiyasining Eronga amalga oshirgan tashrifi doirasida Transport vaziri Ilhom Mahkamov Eronning Yo‘l va shaharsozlik vaziri Mehrdod Bazrposh bilan uchrashdi. Unda O‘zbekiston va Eron o‘rtasida transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama etildi.
Eronning Yo‘l va shaharsozlik vaziri Mehrdod Bazrposh O‘zbekiston bilan aralash tashuvlar sohasi va tranzit aloqalarini rivojlantirish yo‘nalishida hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

“Tomonlar O‘zbekiston va Eron o‘rtasida transportning barcha yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish rejasi va Ashxobod kelishuvini amalga oshirishga kelishib oldi”, - deyiladi xabarda.

Uchrashuvda ko‘rib chiqilgan masalalar:
Eronnning janubiy va shimoliy portlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish;
“Shimol-Janub” transport yo‘lagi bo‘ylab tashuvlarni faollashtirish, amaldagi tariflarni pasaytirish;
ikki mamlakat haydovchilari uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish orqali avtomobil va temir yo‘l transportida tashuvlarni yengillashtirish.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron poytaxti Tehronda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi, Transport vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi tashkil etgan biznes-forum bo‘lib o‘tgan edi. Unda Eronning 20 ta kompaniyasi rahbarlari bilan qo‘shma sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Yangiliklar lentasi
0