Mirziyoyev tanqididan so‘ng Surxondaryodagi avtomobil yo‘lini ta’mirlash boshlandi — video

© Surxondaryo viloyati hokimligiSurxondaryoda 111 km yo‘lni ta’mirlash boshlandi
Surxondaryoda 111 km yo‘lni ta’mirlash boshlandi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2023
Obuna bo‘lish
Loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 111 kilometr sement-beton qoplama bo‘lib, viloyatning Boysun, Bandixon, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy va Denov tumanlari hududidan o‘tadi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning tanqididan so‘ng Surxondaryo viloyatidagi avtomobil yo‘lini ta’mirlash boshlandi. Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kecha prezident Surxondaryoga tashrifida o‘zi avtomobil boshqarib, Boysun-Denov yo‘lini tanqid qilgan edi. Tanqiddan so‘ng bu yo‘lni ta’mirlash ishlari boshlandi.
Loyiha doirasida rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yo‘lining umumiy uzunligi 111 kilometr sement-beton qoplama bo‘lib, viloyatning Boysun, Bandixon, Qumqo‘rg‘on, Oltinsoy va Denov tumanlari hududidan o‘tadi.
Bugungi kunda qurilish obyektida asos ishlari bajarilmoqda. Hozirda obyektga 70 tadan ortiq maxsus mashina va mexanizm hamda 120 nafar ishchi xodim jalb qilingan.
Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Boysun-Denov yo‘li bo‘yicha odamlardan tushayotgan e’tirozlarni inobatga olib, o‘zi avtomobil haydab ko‘rishga qaror qilgan edi. Unga Surxondaryoning yangi hokimi hamrohlik qildi.
Yangiliklar lentasi
0