https://oz.sputniknews.uz/20230315/ishdan-ketdi-32927981.html
Qator agentliklar rahbarlari ishdan ketdi
Qator agentliklar rahbarlari ishdan ketdi
Sputnik O‘zbekiston
Xususan, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining direktori, Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi. 15.03.2023, Sputnik O‘zbekiston
2023-03-15T16:24+0500
2023-03-15T16:24+0500
2023-03-15T16:24+0500
siyosat
ishdan ketdi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/15/27336599_0:75:2497:1480_1920x0_80_0_0_d819440def8cdf6f7ba3ec07d77d1314.jpg
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, bir qator agentlik rahbarlari lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda "Yangi O‘zbekiston" nashri xabar bermoqda.Xususan, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Kamoliddin Talipov Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining direktori lavozimidan ozod qilindi. U mazkur lavozimga 2019-yilning oktabr oyida tayinlangandi.Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shohrux Rahimov ham Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi. U mazkur lavozimga 2022-yil dekabr oyida tayinlangandi.Shuningdek, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Alisher Inakov Tibbiy- ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining direktori lavozimidan ozod etildi.Bundan tashqari, Bahodir Karimov agentlik direktorining tibbiy-ijtimoiy masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan, Gayrat Israilov agentlik direktorining moliyaviy-iqtisodiy va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan olindi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/15/27336599_0:0:2441:1831_1920x0_80_0_0_5b7cb278fe31c1d7548a0b5639f6d074.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, ishdan ketdi
Qator agentliklar rahbarlari ishdan ketdi
Xususan, Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining direktori, Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi.
TOShKENT, 15 mar — Sputnik. Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga ko‘ra, bir qator agentlik rahbarlari lavozimidan ozod qilindi. Bu haqda "Yangi O‘zbekiston" nashri
xabar bermoqda.
Xususan, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Kamoliddin Talipov Moliya vazirligi huzuridagi Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligining direktori lavozimidan ozod qilindi. U mazkur lavozimga 2019-yilning oktabr oyida tayinlangandi.
Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Shohrux Rahimov ham Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Xalqaro hamkorlik va rivojlanish agentligi direktori lavozimidan ozod qilindi. U mazkur lavozimga 2022-yil dekabr oyida tayinlangandi.
Shuningdek, boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Alisher Inakov Tibbiy- ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish agentligining direktori lavozimidan ozod etildi.
Bundan tashqari, Bahodir Karimov agentlik direktorining tibbiy-ijtimoiy masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimidan, Gayrat Israilov agentlik direktorining moliyaviy-iqtisodiy va qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan olindi.