Rossiya

Rossiyada IT-mutaxassislari uchun yashash guvohnomasini olish soddalashtirildi

© Sputnik / Aleksey KudenkoVid na jitelstvo inostrannogo grajdanina v otdelenii po voprosam grajdanstva RF, razresheniy na vremennoye projivaniye i vida na jitelstvo otdela UFMS Rossii po gorodu Moskve v YUAO
Vid na jitelstvo inostrannogo grajdanina v otdelenii po voprosam grajdanstva RF, razresheniy na vremennoye projivaniye i vida na jitelstvo otdela UFMS Rossii po gorodu Moskve v YUAO - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Xorijlik IT-mutaxassislarning Rossiyada ishga joylashishi va yashash guvohnomasini olishi osonlashdi.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Rossiyada axborot texnologiyalari sohasidagi xorijlik mutaxassislar uchun ishga joylashish va yashash guvohnomasini olish (VNJ) tartibi soddalashtirildi.
“Akkreditatsiyadan oʻtgan IT-kompaniyada mehnat qilayotgan xorijlik IT-mutaxassis hamda uning oila aʼzolariga .... Rossiya Federatsiyasida soddalashtirilgan tartibda muhlatsiz yashash guvohnomasini olish huquqi taqdim etildi”, - deyiladi Rossiya IIV xabarida.
Mutaxassis va uning oila aʼzolariga yashash guvohnomasini olish uchun turar joydagi IIVning migratsiya masalalari boʻlinmalariga murojaat qilishi, akkreditatsiyadan oʻtgan IT-kompaniya bilan mehnat shartnomasi yoki fuqaroviy-huquqiy shartnoma, axborot texnologiyalari sohasidagi taʼlim toʻgʻrisida hujjat hamda oila aʼzolar uchun qarindoshlik darajasini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etishlari kerak. Murojaatni koʻrib chiqish muddati uch oyni tashkil etadi.
Aniqlik kiritilishicha, akkreditatsiyadan oʻtgan IT-kompaniyalar xorijlik mutaxassislarni maxsus ruxsatnomasiz jalb qilishlari mumkin.
Yangiliklar lentasi
0