Rossiya

Rossiya Mudofaa vazirligi Qora dengizda AQSH droni qulab tushganini tasdiqladi

© Sputnik / Vitaliy BelousovZdaniye Ministerstva oboronы Rossiyskoy Federatsii na Frunzenskoy naberejnoy v Moskve.
Zdaniye Ministerstva oboronы Rossiyskoy Federatsii na Frunzenskoy naberejnoy v Moskve. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.03.2023
Obuna boʻlish
NovostiTelegram
Rossiya Mudofaa vazirligi AQSH uchuvchisiz qurilmasi bilan yuz bergan hodisaga izoh berdi.
TOSHKENT, 15 mar — Sputnik. Rossiya qiruvchi samolyotlari havo-desant qurollaridan foydalanmagan va Qora dengiz osmonida AQSH uchuvchisiz qurilmasi bilan aloqaga chiqmagan. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga tayangan holda xabar berdi.
Aytilishicha, seshanba kuni ertalab Qrim yarimoroli hududida Rossiya Federatsiyasi davlat chegarasi yoʻnalishida transponderlari oʻchirilgan AQSH uchuvchisiz uchar apparati parvozi qayd etilgan.
Dron Qora dengiz ustidagi havo hududidan foydalanish uchun rejim hududi chegaralarini buzgan. Shu munosabat bilan havo hujumiga qarshi mudofaa kuchlarining navbatchi qiruvchilari dronni aniqlash uchun havoga koʻtarildi, deya xabar beradi Mudofaa vazirligi.

“Moskva vaqti bilan soat 09:30 atrofida keskin manyovrlar natijasida MQ-9 uchuvchisiz uchar apparati balandlikni yoʻqotib, nazoratsiz parvozga chiqdi va suv yuzasi bilan toʻqnashib ketdi. Rossiya qiruvchi samolyotlari havo-desant qurollaridan foydalanmagan, uchuvchisiz uchar apparati bilan aloqada boʻlmagan va oʻz baza aerodromiga muvafaqiyatli qaytishgan”, — deyiladi vazirlik xabarida.

Seshanba kuni Pentagon va Amerika armiyasining Yevropa qoʻmondonligi Qora dengiz uzra Rossiyaning Su-27 qiruvchisi va Amerikaning MQ-9 Reaper droni toʻqnashuvi haqida bayonot berdi.
Amerika tomoniga koʻra, Su-27 MQ-9ga urilgan, natijada u boshqaruvni yoʻqotgan va AQSH qurolli kuchlari dronni urib tushirishga majbur boʻlgan.
AQShning Yevropadagi qoʻmondonligi hodisa haqida AQSH prezidenti Jo Baydenga axborot berilganini maʼlum qildi.
Yangiliklar lentasi
0