AQShdagi buyuk depressiya dunyoga tahdid solmoqda
19:32 15.03.2023 (yangilandi: 10:41 16.03.2023)
© AP Photo / Craig RuttleTorgi na Nyu-Yorkskoy fondovoy birje.

© AP Photo / Craig Ruttle
AQShning qarzi soʻnggi 20 yil ichida olti 6 marotaba oʻsib 31 trillion dollarni tashkil qildi. YAIMi esa - $23 trln. (2021). Ular buncha qarzni qachon va qanday qaytaradi?
TOSHKENT, 15 mar - Sputnik. Kecha, 13 mart kuni Gʻarb birjalari uchun qora dushanbaga aylandi. Birinchi boʻlib, Amerika aktsiyalari puchga chiqdi – dam olish kunlari bir vaqtning oʻzida ikkita yirik bankning bankrotlikka uchrashi bozorga shunday taʼsir qildi va ulardan keyin ketma-ketlikda Yevropa kotirovkalari ham quladi.
Jo Bayden oʻtga kerosin quydi. Dushanba kuni savdo ochilishidan oldin u amerikaliklarga murojaat qilib, ularning pullari ishonchli qoʻllarda ekanligi va omonatlariga hech narsa boʻlmasligini taʼkidladi. "Betartiblik yanada tarqalib ketmasligiga kafolat bera olasizmi?" – kabi savollar bilan jurnalistlar uni koʻmib tashlashdi. Ammo AQSH prezidenti javob berishdan qochdi – tom maʼnoda eshikdan chiqib ketdi.
Amerikaliklar bu belgilarni toʻgʻri tushunib olishdi. "Jonajon pullaringizdan havotir olmang" – degan murojaat bilan odatda davlat rahbarlari puldan aynan havotir olish kerak boʻlgan paytda chiqishadi. Bayden nutqining natijasi dushanba kungi fond birjasining qulashi boʻldi, bu paytda bank aktsiyalari savdosini shunchaki toʻxtatishga toʻgʻri keldi.
AQShning tizimli muhim moliyaviy institutlar aktsiyalarining choʻqqidan xayratlanarli holatda qulagani ajablanarli emas. Masalan, eng yirik bank First Republic aktsiyalari bir kunda 61,8 foizga tushdi. Ajablanarli tomoni, ular qandaydir qilib uzoq vaqt davomida bu choʻqqini egallab tura olgani.
Yozda taniqli investor Maykl Berri (2007-2008 yillardagi halokatni nafaqat bashorat qilishga, balki undan pul ishlab olishga ham muvaffaq boʻlgan yagona odam) – iqtisodiyotda ulkan boʻshliqlar koʻpayganini aytdi va deyarli barcha aktsiyalarini sotib yubordi.
Oʻtgan yil davomida tushunadigan tahlilchilar keng koʻlamli turgʻunlikni bashorat qilishgan edi – bu odatda bir necha soat ichida qimmatli qogʻozlar bir necha marta qadrsizlanganda, boʻshliqlarni maksimal darajada kengaygani bilan boshlanadi.
Endi hammani bundan keyin nima boʻlishi qiziqtirmoqda. Ham Amerika, ham Yevropa yirik banklarining yopilishini bashorat qilmoqdalar. Bunga yonma-yon ravishda, oʻz kreditlarini yopa olmaydigan koʻplab IT-startaplarni inqiroz kutmoqda – yaʼni bu yangi asrdagi "dotkom inqirozi" kabi holat boʻladi. Oʻn millionlab amerikaliklar omonat va pensiya jamgʻarmalaridan mahrum boʻlishadi. Donald Tramp allaqachon vatandoshlarini yangi "Buyuk depressiya" haqida ogohlantirdi.
Agar bugun yoki ertaga AQSH hukumati birja qulashi oqibatlarini qandaydir tarzda toʻgʻirlashga muvaffaq boʻlsa ham, bu katta falokatni qisqa muddatgagina kechiktiradi. Uning dastlabki shartlari hech qayerga yoʻq boʻlmagan.
2020 yildan beri iqtisodiyotga tushgan trillionlab dollarlarni biznes va jismoniy shaxslar qayerga boʻlsa ham sarmoya qilishga harakat qilmoqda. Shu sababli, iqtisodda boʻshliqlar paydo boʻldi. Bunga yonma-yon ravishda Federal zaxira tizimi stavkani oshirmoqda, bu esa ilgari olingan kreditlarni toʻlay olmaydigan kompaniyalarning bankrot boʻlishiga olib keladi. Shunga juda oʻxshash voqealar 2005-2007 yillarda "Buyuk retsessiya" arafasida ham sodir boʻlgan edi.
Eng noxush tomoni shundaki, achchiq tajribaga ega investorlar bu holatni koʻrib turib, oʻz jamgʻarmalarini saqlab qolishga harakat qilmoqdalar. Silicon Valley bankining bankrot boʻlishiga nima sabab boʻldi? Bank mijozlari asosan Kremniy vodiysi tadbirkorlari boʻlib, ular bir-birini juda yaxshi bilishadi va oʻxshash qarorlar qabul qilishadi. SVB ning qarzlari toʻplanganligi esa aniq edi. Chorshanba kuni omonatchilar oʻz hisobraqamlaridan pul yechib olish uchun ommaviy ravishda borishgan. Juma kuni esa bank bardosh bera olmadi va yopildi.
Bugungi kunda esa omonatchilar butun mamlakat boʻylab oʻz bank hisobraqamlaridan pul yechib olishmoqda. Ayniqsa oʻrta darajadagi banklar salbiy taʼsir koʻrmoqda. Mintaqaviy bank PacWest rahbariyati xabariga koʻra, oʻtgan hafta oxiridayoq bank omonatchilari oʻz hisobraqamlaridan 700 million dollar yechib olishgan.
Bugun AQSH iqtisodiyoti kabi ulkan davlatning qulashi aql bovar qilmaydigandek tuyuladi. Ammo SSSRning parchalanishi ham bir vaqtlar ishonib boʻlmaydigan holat boʻlib tuyulgan edi. Ammo teran fikrlab qarasangiz, bir paytlar dunyodagi birinchi oʻrindagi iqtisodiyotning bugungi kunda boshdan oyoq qarzga botganini aniq koʻrasiz.
31 trillion dollardan ortigʻi AQSH davlatining 20 yil ichida olti marta oʻsgan qarzi. Taxminan 17 trillion Amerika uy xoʻjaliklarining qarzidir. Deyarli trillion – fuqarolarning kredit kartalaridagi qarzlari. Hayratga soladigan bu raqamlar – dollarning qadrsizlanishidan darak beradi. Dushanba kuni u jahon valyutalariga nisbatan sezilarli darajada tushib ketgani ajablanarli emas.
Bunga jahon iqtisodiyotining barqaror dedollarizatsiyasini, dunyodagi eng yirik iqtisodiyotlarning Amerika valyutasidan asta-sekin chiqib ketishini qoʻshing – shunda oʻlgan prezidentlar portretlari tushirilgan yashil qogʻozlarning taqdiri aniq koʻrinadi.
Albatta, bu quvonarli holat emas. AQShdagi yangi Buyuk depressiya dunyoning barcha burchaklariga taʼsir oʻtkazadi. Avvalo, Yevropa iqtisodiyotini oʻzining ortidan chuqurlikka tortadi. Keng koʻlamli retsessiya neft narxining pasayishiga olib keladi, bu esa resurslar bilan savdo qiluvchi mamlakatlarga taʼsir qiladi. Inflyatsiya AQShning asosiy eksportiga aylanadi va odamlar butun dunyo boʻylab narxlarning oshishiga duch kelishadi.
Bunday vaziyatda boshqa davlatlar qilishi mumkun boʻlgan yagona toʻgʻri yoʻl – Rossiyadan oʻrnak olish va Gʻarb iqtisodiyoti oʻralashib qolgan bu ahmoqlar kemasidan tushib qolish. Dollardan xalos boʻlish, import oʻrnini bosish, oʻz muqobil iqtisodiy aloqalarini yoʻlga qoʻyish, Gʻarb moliya institutlariga qaramlikdan chiqish.
Lekin masala faqat iqtisodiy xavflarda emas. Amerikaliklar Yevropadagi urushga homiylik qilganidan keyingina birinchi Buyuk depressiyadan chiqishga muvaffaq boʻlishdi. Qitʼadagi millionlab oʻlimlar oddiy amerikalik oilalar uchun shahar atrofidan uylar, mashinalar, muzlatgichlar, televizorlar sotib olish va beybi-bum avlodini vujudga keldtirish uchun toʻlov boʻldi.
Bugun ham yangi Buyuk depressiyadan boshqa yoʻl yoʻq. Ishlab chiqarishni qaytarish va Amerikani qayta sanoatlashtirish haqidagi barcha gaplar hali hanuz shunchaki quruq gap. "Sharqiy front" – esa allaqachon Ukrainada tayyor turibdi. Bundan tashqari, amerikalik xoʻjayinlar jahannamga tashlashdan xursand boʻladigan millionlab yevropaliklar ham tayyor: hech qanday shaxsiy husumat yoʻq, bu shunchaki biznes.